Kontent qismiga oʻtish

bet

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bet

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

1 Odam boshining old qismi, old tomoni; yuz, aft. Uning [qizning

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

◆ betidagi quyuq qora qoshi, qorachigʻi, yirikdan kelgan oʻynoqi koʻzlari Elmurodga Muharramni es-latdi. Shuhrat, Shinelli yillar.◆  Goʻyo bu sehrgar chol hamma sirni betdan oʻqib olar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆  Xon, Avaz-ning gapini eshitmagandek, betini burib, qavatidagi naqqoshga nimadir tayinlagan boʻldi. S. Siyoyev, Avaz.

2 Yuzning yonoqdan iyakkacha boʻlgan ikki tomonidan har biri; chakka.◆  Ikki beti qip-qizil olmaday. n Doka roʻmolin dol qoʻygan, oʻng betiga xol qoʻygan. "Qoʻshiqlar".◆  Ikki beti yiltillab, Novvoy shirmoy kulchaday.. "Nurali".

3 Biror narsaning betkay, sirt tomoni, yuzasi.◆  Yerning beti sergib, tobiga kelishi bshyun chigit ekishga kirishuvimiz kerak. Gazetadan.◆  Hovuz betiga kumushday yiltiroq tanga baliqlar chiqib, non ushoqlarini ilib keta boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar. ◆ Sol qalqibturibdi suvningbetida. "Nurali".

4 ayn. sahifa 1.◆  Gazetaning toʻrtinchi beti. n Ertasiga haligi sheʼr gazetaning ikkinchi beti boshida bosilib chiqib, ham-maning ogʻzida qiroat qi/shndi. A. Qodiriy, Kichik asarlar.◆  Axir necha yuz bet keladigan asarni kecha-kunduz uxlamay, koʻz nurini toʻ-kib, qoʻlda yozib chiqishning oʻzi ham mehnatga kirmaydimi? Shukrullo, Saylanma.

5 koʻchma Tomon, chet, sohil.◆  Salorga yaqin-lashganda, suvning narigi betidan xotin-larning tovushi keldi. Oydin, Oʻzidan koʻrsin.◆  Sal yurishgandan keyin ayol, yetdik, deb koʻchaning chap betidagi eshik oldida toʻxtadi. S. Ahmad, Ufq.

6 koʻchma Temirdan yasalgan asbob-qurol-larning tigʻi, dami.◆  Yer ketmonning betini qayiradigan darajada tosh-metin boʻlib muiadi. S. Anorboyev, Oqsoy.

Bet boʻlmoq Yuzma-yuz boʻlmoq, roʻpara kelmoq, uchrashmoq.◆  ..bola-chaqasining koʻz oʻngida sharmanda boʻlgan odam qayta boshdan ularga bet boʻlishga haddi boʻlmaydi. "Yoshlik". ◆ Bet boʻlaman deb tagʻin melisaga tushib qolma. "Sharq yulduzi.". Bet olmoq Qalinlashmoq, qaymoqlanmoq.◆  Ertashb sut bet oladi va bir oz quyuq tortadi. K. Mahmudov, Uzbek tansiq taomlari. Bet chidamaydi Uyalasan, nomus qilasan kishi.◆  Hadeb gap eshita-verishga bet chidamaydi. Betga aytmoq Aya-masdan (yashirmasdan) oʻziga aytmoq.◆  Betga aytganning zahri yoʻq. "Askiya". Betga chopmoq Yuz-xotir qilmay tik gapirmoq. Betiga oyoq qoʻymoq q. oyoq. Betiga qaramay 1) hisob-lashmay, saxiylik bilan.◆  Pulning betiga qaramay sarf qi>shoq; 2) ayamay, ayab oʻtir-masdan.◆  Otning betiga qaramay, kechikmay nomani yetkaz. "Yusuf va Ahmad".◆  Qaramang otning betiga, Qamchilar uring etiga. "Gul-norpari". Beti yoʻq Or-nomusi yoʻq, yuzsiz. ◆ Elga qoʻshilganning koʻngli toʻq, eldan aj-rsiganning beti yoʻq. Maqol.◆  Bekorchining beti yoʻq, Qozon osar eti yoʻq. Maqol. Beting bormi? Uyating, or-nomusing bormi? ..be-tini koʻrmagan Hech koʻrmagan, boshdan ke-chirmagan, oʻzi nima ekanligini bilmaydigan.◆  Eyeini tanigandan buyen xasta boʻlmagan, tabib betini koʻrmagan Ioʻlchi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Betini koʻrmay ketmoq Yoʻ-qolib, uzoqlashib ketmoq; judo boʻlmoq.◆  Oʻn besh yil Shodmonboyning pulsiz xizmatini qilib, oxirida oʻn toʻrt ysh qishloq betini koʻrmay ketsin. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy. Betini sidirmoq Uyatni yigʻish-tirib qoʻymoq, loʻlilik qilmoq.◆  Qi^shb shar-mandalik, betni sidirdi, Yulib koʻz, hiylai nayrang qidirdi. Habibiy. Betini yulmoq Dod-faryod solib, betini timdalamoq.◆  Onam yonimga kelib, betini yula 6ouhiadu: -Nima balo qshding, juvonmarg? Endi el-yurt oldida qandoq tirik yuramiz? P. Tursun, Oʻqituvchi. Betini qaytarmoq Shashtini toʻxtatmoq, orqaga burib tashlamoq, cheki-nishga majbur qilmoq.◆  Lanati fashistning betini bir qaytarib olsak, marra bizniki.. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Beti qalin (yoki qattiq) Gap taʼsir qilmaydigan, or-nomusi yoʻq, surbet.◆  Betimning qalini — jonimning huzuri. Maqol. ■■◆  Umid qilma endi sutu qatiqdan, oʻrgildim-ku sendek beti qat-tiqdan. A. Poʻlat. Beti qolmaslik Botina olmaydigan, uyaladigan boʻlib qolmoq.◆  Oʻzim chiqay desam, betim qolmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Beti qora El oldida uyatga qolgan, yuzi shuvut.◆  Badfeʼlning beti qora. Maqol. Beti qotmoq Gap taʼsir qilmaydigan, uyal-maydigan boʻlib qolmoq.◆  Bolani soʻksang, beti qotar, Ursang — eti qotar. Maqol. Beti qursin qargʻ. Yuzini koʻrishga toqatim yoʻq, koʻzga koʻrinmasin, yoʻqolsin, oʻlsin, qurib ketsin.◆  -Betlaring qursin, odamxoʻrlar.'— deb gʻijinardi. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar. Qaysi (yoki ne, qanday) bet bilan Qanday qilib, uyalmay-netmay.◆  Akam — jigarim. Suyunaman! Lekin.. endi unga qaysi betim bilan roʻpara boʻlaman! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Ne bet bilan Qoʻngʻirot elga boraman. "Alpomish". Qoʻlini betga tortmoq Fotiha qilmoq, duo qilmoq, fotiha bermoq. ◆ Dushman bitgan — bari jonni sotadi, Mirza Mahmud qoʻlni betga tortadi. "Yusuf va Ahmad".

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БЕТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

bet

bet
1
лицо; ◆ bet oʻgirmoq то же, что yuz oʻgirmoq (см. yuz I 1); ◆ betini koʻrmagan (букв. не видел лица кого-чего-л.) не имеет понятия (о ком-чем-л.); ◆ u hech kasal boʻlmagan, doktor betini koʻrmagan разг. он никогда не болел и не знает что такое врач; ◆ betga aytmoq сказать в лицо; ◆ betga aytganning zahri yoʻq посл. (букв. что сказано в лицо - не таит в себе яда) не в обиду будь сказано; ◆ betidan zahar tomadi (букв. с лица его капает яд) он зол, он злой, злюка; ◆ betim chidamaydi я не смею, мне стыдно; ◆ qanday beting boʻldi как ты смел (не постыдился); ◆ beti qursin! бран. пропади он пропадом!; чтоб мне не видеть его!; ◆ betma-bet лицом к лицу; ◆ betma-bet kelmoq встретиться лицом к лицу;
2 щека; ◆ ikki beti qip-qizil olmaday у него щёки красные, как яблоки;
3 лицевая сторона (чего-л.); поверхность; ◆ Oyning betida на поверхности Луны; ◆ shoʻrvaning betida на поверхности супа;
4 страница (книги, тетради и т. п.);
5 сторона; ◆ koʻchaning narigi betida на той стороне улицы; ◆ 

Qoraqalpoqcha (kar)

[tahrirlash]

Pak qiz

bet