toj
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]toj
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. £-13 - toj, gulchambar; jigʻa; gultoj
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Shoxdarning hukmronlik ramzi boʻlgan, qimmatbaxo toshlar qadalgan ziy-natli bosh kiyimi. ◆ Shohlarning boshida mwi-ladan toji, Necha shaharlardan oladi boji. "Folklor" . ◆ [Mirzo Yodgor} Jurjonni qoʻlga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi. Oybek, „Navoiy“ .
- Sohibi toj Toj egasi, taxt egasi, toj-dor, hokimi mutlaq. Toji davlat Davlat tojining sohibi, hokimi. ◆ Alisher va.. toji davlat boʻlmish Husayn Boyqaro haz-ratlari goʻdaklikda doʻst va hammaktab ekanlar. Oybek, „Navoiy“ . Toju taxt yoki taxtu toj Hukmronlik ramzi; hokimiyat, davlat. ◆ Bu olishuv, toju taxt talashuvlaridan faqat fuqaro azob chekadi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Buoʻt uchqunlari.. yaqinlarda birdan alangalanib yuzaga chiqadi, amirning taxtu tojini, uning homiylari bilan birga kuy-dirib kul qiladi. S. Ayniy, „Doxunda“ .
2 ayn. gultoj.
3 Baʼzi qushlarning boshidagi etdor oʻsimta. ◆ Xoʻrozning toji. m ◆ Kelin darha-qiqat yosh, lekin xuddi qiziqchilikka se-mirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil koʻylak, boshida popishakning tojiga oʻx-shagan, lekin qizil shlyapa. A. Qahhor, „Toʻyda aza“ . ◆ ..katta terakka ikkita qush kelibqoʻn-di. Narining boshida toji bor. S. Nurov, „Narvoy“ .
4 koʻchma Biror narsaning yuqori, yetuk qismi, uning ifodachisi. ◆ Inson barcha max-luqotning tojidir. Oybek, „Navoiy“ . ◆ -Chi-dash kerak. Sabr — inson irodasining toji, - dedi Joʻraxon. Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi“ . ◆ Agar mazkur sheʼr bamisli bir qush boʻlsa, bu bayt uning toji-ku.. S. Siyoyev, „Avaz“ .
5 koʻchma Biror musobaqada gʻoliblik unvoni va shu gʻoliblik uchun kiydiri-ladigan kiyim. ◆ Qurʼaga koʻra, birinchi par-tiyada oq donalarni toj talabgori suradi. Gazetadan .
6 astr. Quyosh atrofidagi, kun tutilish paytlarida yaxshi koʻrinadigan yorugʻ gardish. ◆ Quyosh atmosferasining uchinchi, eng kalin va eng siyrak kotlami Quyosh toji deyiladi. "Astronomiya" .
7 tex. Gupchakka yoki boshqa asosga oʻrna-tiladigan gardishsimon qism. ◆ Shesternya toji. Toj shesternya.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТОЖ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.