Kontent qismiga oʻtish

yoymoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

yoy-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

YOY- ’kengaytir-’, ’tarqoq qolatga keltir-’. Ke— linni kelganda koʻr, sepini yo y g a n d a koʻr (Maqol). Qadimgi turkiy tilda qam shunday maʼnoni anglatgan bu feʼl ya:y- tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, IV, 76), keyinroq a: unlisining choʻziqlik bel— gisi yoʻqolgan (ДС, 226); oʻzbek tilida a unlisi â unli — siga almashgan: ya:y- > yay- > yây-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Taxlangan, oʻralgan narsani ochmoq. ◆ Qaltiragan qoʻllari bilan dastroʻ-mollarni yoyib koʻrdi: ikkalasi ham oq sho-yidan. Oybek, „Quyosh qoraymas“ .

2 Ochib, yozib osmoq (tortilgan arqon, ipga, shoxga va shu kabilarga). ◆ Kir yoymoq. Kiyim-larni dorga yoymoq. Kelinni kelganda koʻr, se-pini yoyganda koʻr. Maqol .

3 Ezib yupqalamoq, yassilamoq; choʻzmoq. ◆ U engashib oʻtirgancha xamir yoyar, nimcha kiyib olgan, entikib nafas olar, shishinqiragan yuzi qizarib ketgandi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

4 Toʻshamoq, solmoq. [ ◆ Yormat\ Otni qoʻsh-gandan keyin, aravaga qalin namat soldi, ustidan koʻrpacha yoydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Toʻshakni uy orqasidagi ajriqqa yoyib kelib, quruq karavotda shiftga tikilgancha yotdi. S. Nurov, „Narvoy“ .

5 Bir-biridan ajratib, tarqatib, so-chib qoʻymoq. ◆ Yongʻoqni oftobga yoymoq. Qoʻylar-ni yoymoq.

6 Maʼlum qilmoq, ommalashtirmoq. ◆ Qud-rat.. u yerda [toʻgarakda] oʻrganganlarini ma-halliy ishchilar orasida yoyib yurgan kun-larining birida uni jandarma iskovuchlari tutibqamadilar. M. Ismoiliy, „Fargʻonat“ .o. ◆ -Pekin bu narsani [savodni] sir saqlash yara-maydi. Hammaga yoyib, namuna qilish kerak, — dedi Elmurod. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

7 Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq. ◆ Arzi-gay nomingiz yoysak olamga, Shul erur mening ham umrlik dardim. A. Oripov . ◆ Institu-timizning shonu shuhratini olamga yoyadigan boʻlding, degani elas-elas qulogʻimga chalinib ham turibdi. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovun-lar mamlakati“ .

8 Toʻplanib, uyulib yotgan narsani tar-qatib tekislamoq, tekis qilmoq. ◆ Doʻnglik yoyib yuborilgandan keyin Mohidilning ruhi yorishib ketdi. J. Abdullaxonov, „Toʻfon“ .

9 Tarqatmoq, sochmoq, bermoq. ◆ Peshinga-cha tariqqa suv yoyaman, kechlatib, Xevaga cho-paman. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Koʻklam osmoniga yonboitab, yoyar quyosh alvon-alvon nur. T. Toʻla .

Sochini yoymoq shv. folk. Motam tutmoq; gʻam-alamda qolmoq. ◆ Birov oʻlsa, qolgan qo-vogʻin uyar, Qarindoshi boʻzlab, sochini yoyar. "Hasanxon" . ◆ Oʻlib ketsang, yurting boʻlar be-sohib, Enang, singling qolar sochini yoyib. "Murodxon" . Tomir yoymoq q. tomir. Qanot yoymoq Ommalashmoq, rivojlanmoq; roʻyobga chiqmoq. ◆ Orzusi qanot yoygan Tursunoy Rai-movadan xotin-qizlar har qancha oʻrnak olsa arziydi. Sh. Shorahmedov, „Orzu qanot yoydi“ . Quloch yoymoq ayn. quloch yozmoq q. quloch 1.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЁЙМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

yoymoq
1 расстилать; Oʻroz choponini yeshib yerga yoydi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Ураз снял свой халат и разостлал его на полу;
2 развешивать; ◆ kir yoymoq развешивать бельё;
3 расставлять; разбрасывать; hamma yoqqa narsalarini yoyib tashlabdi он разбросал повсюду свои вещи;
4 раскатывать (напр. тесто); расплющивать; ◆ xamir yoymoq раскатывать тесто; ◆ temirni yoymoq расплющивать железо;
5 распускать; рассыпать; ◆ sochni yoymoq распускать волосы; ◆ podani yoymoq дать стаду разбрестись;
6 развёртывать; ◆ bayroqni yoymoq развёртывать знамя;
7 распростирать; ◆ qanot yoymoq распростирать крылья;
8 перен. распространять; ◆ ishlab chiqarish novatorlarining tajribalarini yoymoq распространять опыт новаторов производства; ◆ ildiz yoymoq пускать корни, укореняться.