Kontent qismiga oʻtish

Georges Cuvier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KYUVYE (Cuvier) Jorj (1769.23.8, Monbelyar, Elzas — 1862.13.5, Parij) — fransuz tabiatshunosi. Parij Fanlar akademiyasi (1796-yildan) va Fransiya akademiyasi (1818-yildan) aʼzosi, davlat arbobi. Kyuvye solishtirma anatomiya, paleontologiya va hayvonot dunyosi sistematikasi bilan shugʻullangan. Kyuvye hayvonlar tanasi, xususan, nerv sistemasi tuzilishining oʻxshashligi asosida hayvonot dunyosi shajarasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratdi. Organlar tuzilishini oʻrganishda solishtirma anatomik prinsipni qoʻlladi; korrelyasiya hodisasini ochdi, koʻplab qirilib ketgan hayvonlarni tavsiflab berdi; zoologiyaga "tip" tushunchasini kiritdi. Kyuvye Yerda hayotning rivojlanishi borasida oʻzining metafizik katastrofalar nazariyasini ilgari surdi. Tirik tabiatning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi J.Lamark va organizmlar tuzilishining oʻxshashligi toʻgʻrisidagi Sent-Iler taʼlimotlariga qarshi chiqdi. Kyuvye ishlari evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻldi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil