Girin (shahar)
Qiyofa
Girin, Szilin — Xitoydagi shahar, Girin provinsiyasida, Soʻngari daryosi boʻyida. Aholisi 2250 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni, yirik daryo porti. Kimyo sanoati (boʻyoqlar, kalsiy karbid, azotli oʻgʻitlar), sellyuloza-qogʻoz, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, mashinasozlik sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi va GES bor. Temir qotishmalari ishlab chiqariladi. Shahar xushmanzara tepaliqda joylashadi; changʻi sporti musobaqalari oʻtkazib turiladi. Madaniy va ilmiy markaz. Shaharga 1673-yilda asos solingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |