Kontent qismiga oʻtish

Emu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Emu, emular – yuguruvchi qushlar turkumiga mansub oila. Hozirgacha saqlanib qolgan bir turi – emu Avstraliyaning choʻl va dashtlaridagi butazorlarda yashaydi. Tasmaniya orolida oʻtgan asrda qirilib ketgan. Boʻyi 170 sm gacha, ogʻirligi 55 kg gacha. Qoʻngʻir-kulrang tusda. Uyasini nari barg, oʻt, shox-shabbalardan yasaydi. 8—10 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumining kattaligi 13x9 sm. Nari 8 haftaga yaqin tuxum bosadi. 2 yilda voyaga yetadi. Meva, urugʻ va mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni kamayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.