Karnotit
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karnotit (fransuz kimyogari A. Karno nomidan) — vanadatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi K2(VO2)2[VOJ,-3H2O. Tarkibida 50—65% VO2 va 18—20% V2Og bor. Monoklin singoniyali. Sariq va yashilroq sariq rangda donador va kukunsimonroq agregat qatlami holida uchraydi. Qattiqligi 2—2,5. Zichligi 5 g/sm3. Kuchli radioaktiv. Uran va vanadiy minerallarining nurashidan hosil boʻladi. Birinchi marta AQShning Yuta va Kolorado shtatlarida yura davri vanadiyli qumtoshlaridan topilgan. Kanada, Kongo Demokratik Respublikasining jan.da, Avstraliya va RFda ham maʼlum. Oʻzbekistonda Zirabuloq-Ziyovuddin, Boʻkantov va Qizilqumda topilgan. Uran va vanadiy uchun ruda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |