Ismail Sagʻitov
Ismail Tanatarovich Sagʻitov (1908.2.8, Qoraqalpogʻiston, Xoʻjayli tumani — 1993, Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1966). Filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). "Qizil Qoraqalpogʻiston" gaz.da boʻlim mudiri (1935), muharrir (1936—37). Qoraqalpogʻiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941), direktor (1943) va bosh muharrir (1952—55). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʻi (1943—46). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻistondagi Kompleks iqtisod va madaniyat ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1946—52), direktor oʻrinbosari (1955— 58), N. Davqarayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida boʻlim mudiri. Ilmiy faoliyati Qoraqalpoq qahramonlik eposi mavzuiga bagʻishlangan.
Ac: Berdaq — buyuk shoir—vatanparvar, Nukus, 1943; Berdaq ijodi, Nukus, 1958; Qoraqalpoq xalq qahramonlik eposi, T., 1963; Zamon va adabiyot, Nukus, 1969.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |