Kontent qismiga oʻtish

Obgardon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obgardon (fors. – suv va boʻyin) – chumichsimon mis asbob; toʻy hamda katta yigʻinlarda katta qozonlarga suv quyish, olishda, taom pishirish (guruch va suvni oʻlchash)da qoʻllanadi. Misdan 4—6 l suv sigadigan paqircha koʻrinishida yasalib, zoʻgʻatasiga yogʻoch dasta (40—70 sm dan 1—2 m gacha uzunlikda) oʻrnatiladi. Baʼzan Obgardon kandakori naqshlar bilan bezatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil