Lalitpur
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lalitpur, Patan — Nepaldagi shahar, Katmandu vodiysida, Bagxmati daryosi boʻyida. Aholisi 100 ming kishidan ziyod. Hunarmandchilik rivojlangan. Gʻisht zavodi, bronza muzeyi bor. Diniy markaz. Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Qirol saroyi (9— 17-asrlar), Budda ibodatxonalari va minorasimon ibodatxonalar (12~18-asrlar), "Oltin monastir" (12-asrda asos solingan) saqlangan. 1934-yilda zilziladan qattiq zarar koʻrgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |