Lexus
Turi | Boʻlinma |
---|---|
Xizmatlari | Automotive financing |
Tarmogʻi | Avtomobil sanoati |
Egasi | Toyota Motor Corporation |
Qachon asos solingan | 1989[1] |
Hududiy xizmati | Global |
Asoschi(lari) | Eiji Toyoda |
Rahbariyat | |
Mahsulot(lar)i |
|
Brendlari | F marque |
Vebsayti | discoverlexus.com |
Lexus (yaponcha: レクサス, Rekusasu) – bu Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Toyota Motor Corporationning hashamatli avtomobillar boʻlinmasi hisoblanadi. Hozirgi kunda Lexus brendi dunyoning 90 dan ortiq mamlakati va hududlarida sotilmoqda[3][6] va Yaponiyaning eng koʻp sotiladigan premium avtomobil markasi hisoblanadi. Shuningdek, u bozor qiymati boʻyicha eng katta 10 ta global yapon brendlari qatoridan oʻrin olgan[7]. Lexusning bosh qarorgohi Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan boʻlib, operatsion markazlari Belgiya (Brussel) va AQShda (Plano, Texas) joylashgan.
Honda va Nissan oʻzlarining hashamatli avtomobillar boʻlinmalari Acura va Infinitini yaratgan vaqtda, Lexus ham yangi premium sedan ishlab chiqish loyihasi sifatida boshlangan. Lexus loyihasi F1 kod nomi bilan 1983-yilda boshlanib, 1989-yilda Lexus LS modeli bilan debyut qilgan[8]. Keyinchalik boʻlinma sedan, kupe, kabriolet va SUV modellarini ham qoʻshdi. Lexus 2005-yilgacha yaponiya bozorida brend sifatida mavjud emas edi va 1989-yildan 2005-yilgacha xalqaro bozorda Lexus nomi ostida sotilgan barcha avtomobillar Yaponiyada Toyota markasi ostida chiqarilgan. 2005-yilda RX krossoverining gibrid versiyasi chiqarildi va keyinchalik boshqa gibrid modellar ham qoʻshildi. Lexus 2007-yilda oʻzining F sport boʻlinmasini IS F sport sedani bilan taqdim etgan, 2009-yilda esa LFA superkarini chiqaradi.
Lexus avtomobillari asosan Yaponiyada ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish Chūbu va Kyūshū mintaqalarida, xususan, Tahara, Aichi, Chūbu va Miyata, Fukuoka, Kyūshū zavodlarida toʻplangan. Lexus brendi 2003-yilda Kanadada ishlab chiqarilgan birinchi Lexus modeli RX 330ni taqdim etdi. 2001-2005-yillarda korporativ qayta tashkil etish jarayonidan soʻng, Lexus oʻzining dizayn, muhandislik va ishlab chiqarish markazlariga ega boʻldi.
2000-yillardan beri Lexus oʻzining eng katta bozori boʻlgan AQShdan tashqarida ham sotuvlarni koʻpaytirdi. 2005-yilda Lexus Yaponiya ichki bozorida oʻz dilerlik tarmogʻini ochib, Yaponiyada ishga tushirilgan birinchi yapon premium avtomobil markasi boʻldi[9]. Brend keyinchalik Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi, Yevropa va boshqa mintaqalarda ham taqdim etildi va koʻplab bozorlarda gibrid avtomobillarni sota boshladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yillar: F1 loyihasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lexus brendi Yaponiyaning Nissan va Honda kompaniyalari o‘zlarining Infiniti va Acura premium brendlarini yaratgan paytda tashkil topgan. Yaponiya hukumati AQSh bozoriga ixtiyoriy eksport cheklovlarini joriy qilgan, shuning uchun yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun qimmatroq avtomobillarni AQShga eksport qilish foydaliroq bo‘lgan.
1983-yilda Toyota kompaniyasi raisi Eyji Toyoda kompaniyaga dunyoning eng yaxshi avtomobilini yaratish vazifasini qo‘ydi[10]. F1 (Flagship One)[11] deb nomlangan loyiha, Toyota kompaniyasining premium segmentida mahsulot qatorini kengaytirish maqsadida Lexus LS 400 avtomobilini ishlab chiqdi[12]. F1 loyihasi Toyota Supra sport avtomobili va Toyota Mark II premium modellaridan ilhomlanilgan edi[13]. Supra va Mark II orqa g‘ildirak harakatlantiruvchisiga, kuchli 7M-GE yoki 7M-GTE oltilik dvigatelga ega avtomobillar edi. Toyota tomonidan o‘sha paytda ishlab chiqarilgan eng katta sedan 1960-yillardan qolgan, cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan Toyota Century edi. Bu avtomobil qo‘lda yig‘iladigan, V8 dvigatelli, faqat Yaponiyadagi iste'molchilar uchun mo‘ljallangan limuzin edi[14]. Toyota Crown esa oltilik dvigatelga ega premium sedan bo‘lib[14][15] , 1982-yildan keyin eksport qilinishi rejalashtirilmagan edi[15]. F1 dizaynerlari yangi sedanni xalqaro bozorga yo‘naltirib, yangi V8 dvigatelni ishlab chiqishni boshladi[14][15].
1980-yillarda Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yapon hukumatining AQSh savdo vakillari bilan kelishilgan ixtiyoriy eksport cheklovlari tufayli qimmatroq modellarni eksport qila boshladi[16]. 1986-yilda Honda AQShda Acura brendini ishga tushirdi. Bu Toyota o‘zining premium bo‘limini yaratish rejalari uchun turtki berdi[17]. Acuraning ilk modeli Honda Legendning eksport varianti bo‘lib, Yaponiyada 1985-yilda Toyota Crown, Nissan Cedric/Gloria va Mazda Luce kabilarga raqobatchi sifatida chiqarildi[18]. 1987-yilda Nissan o‘zining premium brendi Infiniti haqidagi rejalarini oshkor qildi[19] va 1990-yilda Q45 modelini AQShga eksport qilish uchun tayyorladi[20]. Mazda esa 1988-yilda Luce modelini AQShda Mazda 929 nomi bilan sota boshladi va keyinchalik Amati nomli yuqori toifadagi brendni yaratishni rejalashtirdi, ammo bu rejalari amalga oshmadi[19].
Toyota tadqiqotchilari 1985-yil may oyida AQShga tashrif buyurib, lyuks iste'molchilar haqida bozor tadqiqotlari o‘tkazdi[21]. F1 dizaynerlarining bir nechtasi Laguna-Bichda (Kaliforniya)da uy ijaraga olib, amerikalik yuqori sinf iste’molchilarining turmush tarzi va didlarini o'rganishdi[21]. Shu bilan birga, F1 muhandislik jamoalari Germaniya avtotrassalari va AQSh yo‘llarida prototip sinovlarini o‘tkazdi[22]. Toyota bozor tadqiqotlari natijasida yangi sedan uchun alohida brend va sotuv kanallari zarurligi ma’lum bo‘ldi va AQSh bozorida yangi dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish rejalari tuzildi[23].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „When was Lexus founded?“ (en-US). Northwest Lexus (2018-yil 28-sentyabr). 2021-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
- ↑ „TMC Announces Changes to Executive Structure, Senior Professional/Senior Management Employees“. Toyota Motor Corporation (2023-yil 13-fevral). 2023-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 „Lexus Design Award 2022“. Bloomberg.com (2021-yil 30-sentyabr). 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
- ↑ Gibbs, Nick. „Lexus teases RZ electric crossover“. Automotive News (2021-yil 2-dekabr). 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
- ↑ Finlay, Steve. „Toyota, Lexus End Tough Sales Year on High Notes“. Wards Auto (2021-yil 5-yanvar). 2021-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
- ↑ Wilson, Tom „2010 Lexus RX 350 & RX 450h – First Drive“. Road & Track (2009-yil 13-fevral). 2010-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-may.
- ↑ „Japan's Best Global Brands 2009“. Interbrand (2009). 2010-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-sentyabr.
- ↑ „A Short History of Japanese Luxury Cars“ (2011-yil 28-iyun). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedcbs
- ↑ May 2006, s. 43
- ↑ May 2006, s. 42
- ↑ Press, Jim „How Lexus Was Successful in the U.S. (interview)“ (WMV). Auto Line Detroit (2006). 2006-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 5-mart.
- ↑ White, John. New Route for Japanese Cars: Luxury (1989-yil 23-oktyabr).
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Dawson 2004, ss. 6–7, 63
- ↑ 15,0 15,1 15,2 Long 2001, ss. 16–21
- ↑ Dawson 2004, ss. xix, 28
- ↑ Dawson 2004, s. 109
- ↑ „Honda's premium sedan, "Legend"“ (ja). Sankei Shimbun (2010-yil 16-iyul). 2010-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-yanvar.
- ↑ 19,0 19,1 Dawson 2004, ss. 72, 88, 116
- ↑ „Profile: 1990 Nissan President“ (ja). Gazoo (2011). 2004-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-yanvar.
- ↑ 21,0 21,1 Dawson 2004, ss. 35, 41
- ↑ „Edmunds.com Lexus Overview“. Edmunds.com. 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-may.
- ↑ Morgan & Liker 2006, s. 121