Rosa Welt-Straus
Rosa Welt-Straus | |
---|---|
Tavalludi |
14-avgust 1856-yil |
Vafoti |
15-dekabr 1938-yil (82 yoshda) Jeneva, Shveysariya |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | oftalmolog, sufrajist |
Rosa Welt-Straus (talaffuzi: Roza Velt-Shtraus; 1856-yil, Chernovtsi — 1938-yil, Jeneva) — Avstriya imperiyasida tugʻilgan kelib chiqishi yahudiy boʻlgan amerikalik sufrajist va feminist[1]. Oʻrta maktabni tugatgan birinchi avstriyalik, birinchi boʻlib, tibbiyot diplomini olgan va Yevropadagi birinchi avstiyalik oftalmolog ayol[2][3][4] .
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosa yahudiy oilasida dunyoga kelgan va uchta opa-singilisi bilan birga voya yetgan: Ida (1879 —1950), Leonora (1859—1944) va Sara (1859—1944)[2] . Maktabga borishdan tashqari, u otasi Sinaia Welt (1834—1882) va Karl Emil Franzosdan ham taʼlim olgan. 1873-yilda oʻrta maktabni aʼlo baholarga bilan tugatadi. Qizlariga tibbiyotda oʻqish imkoniyatini berish uchun oila Vena shahriga koʻchib oʻtishadi. Biroq, Vena universiteti Rosani qabul qilmaydi, shu sababdan 1874-yildan Bernda tibbiy taʼlim oladi, bu yerda 1878-yili shifokor kasbiga ega boʻladi. Leonora va Sara ham shifokor boʻlishdi va Ida esa kimyoni oʻrgangan[2][3].
Venaga qaytib, Rosa oʻqishni davom ettiradi, koʻpeoqoftalmologiya boʻyicha maʼruzalarda qatnashadi va Rothschild shifoxonasida tajriba orttiradi. Keyinchalik Drezdendagi tugʻruqxonada ishlagan[5]. Shuningdek, Rosa Vena shahridagi ayollarning ilgʻor taʼlim assotsiatsiyasi faol aʼzosi boʻlgan[4].
1882-yilda oila Jenevaga koʻchib oʻtadi, bu yerdan Rosa Amerikaga ketadi[5]. Shundan keyin koʻp yillar davomida Nyu-Yorkdagi ayollar kasalxonasining koʻz boʻlimi va koʻz klinikasida oftalmolog hamda jarroh boʻlib ishlaydi[1]. Rosa biznesmen Lui Shtrausga turmushqa chiqadi, u larning Nelli Strauss-Mohenson ismli qizi boʻlgan[1].
Rosa Uelt-Stros professional faoliyatidan tashqari Nyu-Yorkda ayollarning saylov huquqi uchun kurashda faol ishtirok etgan. Rosa Carrie Chapman Catt, Marie Stritt, Anita Augspurg va Käthe Schirmacher tomonidan asos solingan Xalqaro ayollar saylov alyansi (IWSA) (1926-yildan Xalqaro ayollar ittifoqi) faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan[1]. 1904-yilda IWSAning birinchi kongressida Amerika delegatsiyasi tarkibida boʻlgan[1].
1919-yilda Welt-Strauss qizi Nelli bilan Falastinga koʻchib oʻtadi. Bu yerga kelganidan ikki oy oʻtib, Rosa Isroilda teng huquqlar uchun kurashuvchi birinchi milliy ayollar tashkilotiga rahbarlik qiladi va u umrining oxirigacha tashkilotni boshqaradi. Uning Amerika ayollar harakati va xalqaro ayollar saylov huquqi ittifoqi (IWSA) bilan aloqalari ehtimol bu tashkilotga rahbar etib saylanishida hal qiluvchi rol oʻynagan boʻlishi mumkin[1][2][6][7].
1919-yil sentyabr oyida Haaretz gazetasi Welt-Strausning maktubini nashr etadi, maktubda amerikalik yahudiy ayollar Qoʻshma Shtatlardagi boshqa ayollar bilan birga ayollarning saylov huquqi uchun kurashayotgani yozilgan. Rosa Isroilda bunday kurash shart emasligini haqida oʻz fikrini bildiradi. Biroq, uning kutganidan farqli oʻlaroq, uning yangi mamlakatida ayollarning saylov huquqiga erishish uzoq va qiyin boʻlib chiqdi[1].
1920-yil iyul oyida Rosa Xalqaro sionistik ayollar tashkiloti tashkil etilgan yigʻilishda ishtirok etish uchun Londonga bordi. Oʻsha yilning oxirida Jenevada boʻlib oʻtgan ayollarning saylov huquqi boʻyicha xalqaro alyans kongressida Isroildagi teng huquqlar uchun yahudiy ayollar ittifoqining vakili boʻldi. Rosa lyansning xalqaro qoʻmitalari aʼzosi boʻlgan, uning barcha kongresslarida qatnashgan[1][8].
Rosa 1938-yilda Jenevada vafot etgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 „Welt-Straus, Rosa | Jewish Women's Archive“. Jwa.org. Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Hasson. „Searching for the banner of the Hebrew woman - Week's End Israel News“. Haaretz (2013-yil 19-aprel). Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Higher Education in Central Europe | Jewish Women's Archive“. Jwa.org (2009-yil 1-mart). Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Ariadne — Österreichische Nationalbibliothek: Frauen in Bewegung 1848-1938. Rosa Welt. Abgerufen am 14. Januar 2020
- ↑ 5,0 5,1 Mary R. S. Creese, Thomas M Creese: Ladies in the laboratory II. West European women in science, 1800-1900, S. 174
- ↑ Kark, Ruth. Jewish Women in Pre-State Israel: Life History, Politics, and Culture, 2009-03-15. 9781584658085. Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Second Aliyah: Women's Experience and Their Role in the Yishuv | Jewish Women's Archive“. Jwa.org. Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
- ↑ Bernstein, Deborah. Pioneers and Homemakers: Jewish Women in Pre-State Israel. SUNY Press, January 1992. 9780791409053. Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
Adabiyotar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mary R. S. Creese, Thomas M Creese: Ladies in the laboratory II. West European women in science, 1800–1900. Scarecrow Press, Lanham, Maryland 2004, ISBN 978-0-8108-4979-2, S. 174
- Ruth Kark, Margalit Shilo, Galit Hasan-Rokem (Hrsg.): Jewish Women in Pre-State Israel. Life History, Politics, and Culture. Hbi Series on Jewish Women, University Press of New England, Hanover/London 2008, ISBN 978-1-58465-702-6, S. 225