Kontent qismiga oʻtish

Rizouddin ibn Faxruddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rizouddin Ibn Faxruddindan yoʻnaltirildi)

Rizouddin Ibn Faxruddin yoki Faxretdinov Rizo (1859-yil 12-yanvar, Samara guberniyasi, Bugulma uyezdi — 1936-yil 11-aprel, Ufa) — maʼrifatparvar, adib, sharqshunos, diniy arbob.

Asosan, turkiy tilda yozgan. Ilk yirik asari — "Kitob at-tasrif" ("Morfologiya haqida kitob"), Qozonda nashr qilingan (1887). 1891-yildan Ufaga koʻchib kelib Orenburg musulmonlari diniy kengashida qozi boʻlib ishlagan (1906—22), Rossiyaning ichki qismi va Sibir musulmonlari Markaziy diniy boshqarmasi muftiysi (1922—32). Rossiya va boshqa mamlakatlardagi musulmonlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni kuchaytirish uchun intilgan, Gʻarbning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashgan. 1906—17 yillarda 50 ga yaqin kitobi nashr qilingan. Orenburgda nashr etilgan "Vaqt" gaz. (1906—08) muharrir oʻrinbosari va "Shoʻro" jurnali (1908—18) muharriri. Uning asarlari 20-asr boshlaridayoq Turkistonda keng tarqalgan.

  • Tvorchestvo Rizi Faxretdinova: issledovaniye, materiali, Ufa, 1988.
  • Tarbiyali xotun (T., 1991), Tarbiyali ona, Tarbiyali ota, Tarbiyali bola, Qozon, 1898;
  • Axlu ayol, T., 1994.