Yon chiziq
Yon chiziq (linea lateralis), yon organlar — suvda yashovchi tuban umurtqasiz hayvonlar (toʻgarak ogʻizlilar,suvda va quruqlikda yashovchilarning itbaliqdavri)dagi sezgi organlari sistemasi. Tananing har ikki yoni va bosh qismida joylashgan. Yo. ch. maxsus ion tarkibga ega boʻlgan suyuklik bilan toʻlgan naychalar — ampulalardan hamda ular sirtida joylashgan epidermal organlardan iborat. Yo. ch. organlarining asosiy qismini eshitish organi va vestibulyar apparat sensor hujayralariga oʻxshash sezgir tukli hujayralarga ega boʻlgan nevromast tashkil etadi. Afferent va efferent nerv tolalari ana shu nevromast retseptor hujayralarida shoxlangan boʻladi. Retseptorlar suv oqimi va muhitning past chastotali tebranishi taʼsirida qoʻzgʻalish paydo boʻladi. Yo.ch. organlari suv oqimi yoʻnalishi va tezligini sezadi. Hayvonlar Yo. ch. yordamida koʻrish organisiz ham suvda oʻz yoʻlini topadi, toʻsiqlarni sezib aylanib oʻtadi. Ayrim toʻgarak ogʻizlilar va koʻpchilik baliqlarning Yo. ch. organlari oʻziga xos tuzilgan juda sezgir elektroretseptorlarga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |