Kontent qismiga oʻtish

qumursqa

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qu-murs-qa

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QUMURSQA ' mayda chumoli'. Yerga oftob tegishi bilan qumursqa inining yonida tuproq uyumi paydo boʻladi (Adham Rahmat). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli qumursgʻa tarzida talaffuz qilingan (ДС, 466), keyinchalik gʻ un — doshi q undoshiga (ССТТН, II, 93), oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan: qumursgʻa > qumursqa > qumursqä. Bu ot asli qadimgi turkiy tildagi qum- feʼlining 'gʻimirla-' maʼnosidan (Devon, II, 35) 'oʻzlik’ maʼno — sini ifodalovchi -(u)r qoʻshimchasi bilan hosil qilin-gan shakliga 'moyil' maʼnosini ifodalovchi —sï qoʻ-shimchasini qoʻshib hosil qilingan shaklidan —gʻa qoʻ-shimchasi bilan yasalgan; keyinchalik ï unlisi talaffuz qilinmay qoʻygan, gʻ undoshi q undoshiga, a unlisi ä un — lisiga almashgan: [(qum- + ur = qumur—) + sï = qumur-sï-] + gʻa = qumursïgʻa > qumursgʻa > qumursqä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
Mayda chumoli; umuman, har qanday chumoli. ◆ Bir qumursqa bir dona donni tortsa, ikkinchi qumursqa orqadan itarib, unga yordam beradi. S. Ayniy, „Kullar“ . ◆ Bahor oʻzi boshqacha fasl-da! Yerga oftob tegishi bilan qumursqa inining yonida tuproq uyumi paydo boʻladi. A. Hamdam, „Hamal kirdi“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚУМУРСҚА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qumursqa
муравей; // муравьиный; ◆ qumursqaday как муравьи; ◆ koʻchalarda odam qumursqaday qaynayapti на улицах люди кишмя кишат.