Kontent qismiga oʻtish

Andromeda galaktikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andromeda galaktikasi spiral tuzilishga ega hamda galaktikalar ichida Somon yoʻliga eng yaqin galaktika hisoblanadi. U dastlab Andromeda tumanligi deb nomlangan va Messier 31, M31 va NGC 224 kabi kataloglarga kiritilgan. Andromedaning diametri taxminan 152 000 yorugʻlik yiliga teng. Galaktikaning nomi Andromeda yulduz turkumidan kelib chiqqan. Turkumning nomi esa yunon mifologiyasida Perseusning xotini boʻlgan malika sharafiga nomlangan. Andromeda galaktikasining massasi taxminan Somon yoʻli bilan barobar, yaʼni 1 trillion quyosh massasiga teng. Ikkala galaktikaning massasini ham aniqlik bilan hisoblash qiyin, lekin Andromeda galaktikasi Somon yoʻlidan 25% dan 50% gacha kattaroq boʻlishi mumkin degan taxminlar uzoq vaqtdan beri ilgari surilgan. Lekin bu taxminni 21-asr boshlarida olib borilgan tadqiqotlar yoʻqqa chiqargan. Ushbu tadqiqot natijasi Andromeda galaktikasi Somon yoʻlidan koʻra kamroq massaga ega ekanligini koʻrsatgan[1]. Andromeda galaktikasining diametri taxminan 152 000 yorugʻlik yiliga kengayishi uni Somon yoʻliga yaqin galaktikalar guruhining eng yirik aʼzosiga aylantirgan. Somon yoʻli va Andromeda galaktikalarining bir-biri bilan toʻqnashishi taxminan 4–5 milliard yil ichida sodir boʻlishi kutilmoqda. Bu galaktikalar birlashib ulkan elliptik galaktika yoki katta lentikulyar galaktikani hosil qiladi. Koʻrinma yulduz kattaligi 3,4 ga teng boʻlgan Andromeda galaktikasi Messier obʼyektlari ichida eng yorqinlari qatoriga kirgan. Yerning atmosferasi oʻrtacha darajada ifloslangan joylarida ham hattoki hech qanday teleskoplarsiz koʻrish mumkin.

Kuzatuv tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andromeda „Mebula“ ning eng birinchi fotosurati, Isaac Roberts (1888-yil 29-dekabt).

Andromeda galaktikasi qorongʻu osmonda oddiy koʻz bilan koʻrinadi. Taxminan milodiy 964-yilda Fors astronomi Abdurrahmon al-Soʻfiy birinchi boʻlib Andromeda galaktikasini rasman tasvirlab bergan. U oʻzining "Oʻzgarmas yulduzlar kitobi" da uni „kichik bulut“ deb atagan. Oʻsha davrdagi yulduz jadvallari uni Kichik bulut deb atagan. 1612-yilda nemis astronomi Simon Marius teleskopik kuzatishlar asosida Andromeda galaktikasining dastlabki tavsifini bergan. Per Lui Maupertuis 1745-yilda tuman olami deb tasvirlagan. 1764-yilda Charlz Messier Andromedani M31 ob’ekti sifatida katalogga kiritgan. 1785-yilda astronom William Herschel Andromeda yadrosi hududida zaif qizgʻish nuqtani qayd etgan. U Andromedani barcha "buyuk tumanliklar " ichida bizga eng yaqini deb hisoblagan. Tumanlikning rangi va kattaligiga asoslanib, u Sirius yulduzi masofasidan 2000 marta yoki taxminan 18 000 yorugʻlik yili yaqinroq masofada ekanligini haqida notoʻgʻri taxmin qilgan. 1850-yilda 3-Rosse grafi William Parsons Andromedaning spiral tuzilishining birinchi rasmini chizgan[2].

1864 yili Uilyam Xuggins Andromedaning spektri gaz bulutidan farq qilishini qayd etgan. Bunda Andromeda atrofidagi gazli bulutlarda qorongʻi absorpsiya dogʻlari mavjudligi uchun bulutning kimyoviy tarkibini oʻrganishga katta yordam bergan. Andromeda spektori yulduz spektoriga juda oʻxshash va shundan kelib chiqib gallaktika oʻzining yulduzli tabiati borligi aniqlangan.1885 yili Andromeda maydonida supernova (S Andromedae deb tanilgan) yulduzi kuzatilgan va hozirgi kunga qadar boshqa koʻrinmagan. Supernova birinchi boʻlib Nova 1885 deb nomlangan. Supernovaning Nova yulduzlaridan asosiy farqi shundaki u boshqa Nova yulduzlariga qaraganda ancha yorqinroq va kattaroq.

1888-yil Isaac Roberts andromedani ilk bor suratga tushirgan. 1912-yili Vesto Slipher spektroskopiya yordamida Andromedaning radial tezligini nisbatan tezligini oʻlchagan, hozirgi kunda oʻlchangan eng yuqori tezlik 300km/s hisoblanadi.

Galaktikalarning joylashuv gepotizasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andromeda galaktikasi joylashuvi.

1755-yilda nemis faylasufi Immanuel Kant oʻzining „Universal Natural History and Theory of the Heavens“ kitobida somon yoʻli galaktikasi yagona emasligini aytib oʻtgan. Somon yoʻli galaktikasiga oʻxshash boʻlgan Andromedani eski davrlarda elipssimon tumanlik deb atashgan va uning galaktika ekanligini aniqlash imkoni boʻlmagan, shu sababdan koʻplab olimlar faqat bitta somon yoʻli galaktikasi mavjud degan teoriyani oldinga surishgan.

1917-yili Heber Kurtis Andromeda ichida yangi bir nova yulduzini topgan va uni suratga tushirgan. Keyinchalik surat yaxshiroq tahrir qilinganidan soʻng nova atrofida yana 11 ta yulduz borligi aniqlangan. Surat 500.000 yorugʻlik yili uzoqlikda olingan boʻlib bugungi kundagi kameralar imkoniyatlaridan besh barobar past hisoblanadi, shunga qaramasdan surat andromedani aniq koʻrsata olgan ilk sifatli ishga aylangan.

1920-yili Harlow Shapley va Kertis oʻrtasida spiral bulutlar va koinot oʻlchamlari haqida katta bahsli munozara boʻlib oʻtgan. Kurtis Andromedaning galaktika ekanligini isbotlash uchun galaktika tumanligida paydo boʻlgan qora chiziqlar tarkibi somon yoʻli galaktikasiniki kabi ekanligini keltirib oʻtgan. 1922-yilda Ernst Öpik Andromeda masofasini undagi yulduzlarining tezligini oʻlchash orqali hisoblash usuli bilan taqdim etdi. Uning tadqiqotlari natijasida Andromeda Somon yoʻli galaktikasidan 1.500 yorugʻlik yili uzoqda deb topilgan. Edvin Hubble 1925 yilda Andromedaning astronomik fotosuratlarida birinchi marta andromedadan tashqarida joylashgan Sefeid yulduzini aniqlagan va bu kashfiyot Harlow Shapley va Kertis oʻrtasidagi bahsga chek qoʻygan. Surat Hubble ning 100 dyumli teleskopi yordamida olingan surat nafaqat undan tashqaridagi yulduzni balki Andromedagacha boʻlgan masofani aniq oʻrnatgan.

1943-yilda Uolter Baade Andromeda galaktikasining markaziy mintaqasida yulduzlarni aniqlagan birinchi shaxsga aylangan. Baade yulduzlarni ikki turga boʻlgan 1-turi yosh yulduzlar 2-tur qizil katta yulduzlar. Shuningdek Baade harakatlanuvchi yulduzni ham ikki turi borligini aniqlagan va bu kashfiyot Andromedani yana ham uzoqroqda degan gipotiza shakillanishiga olib kelgan.

1950-yilga kelib Andromeda galaktikasi radiosendaksiyalari aniqlandi. 1950-yilga kelib Robert Hanbury Brown va Cyril Hazard tomonidan Jodrell Bank Observatoriyasida Andromeda galaktikasining radiosendaksiyalari aniqlangan. Galaktikaning birinchi radio xaritalari 1950-yili Jon Baldwin va Cambridge Radiostronomiya guruhidagi hamkor olimlar tomonidan yaratilgan.

1953-yilda Andromedada yana boshqa oʻzgaruvchan Sefied yulduzi borligini aniqlanganidan soʻng Andromeda masofasi yanayam uzoqroq degan tahminlar oldinga surilgan.1990-yili, Sefied masofasini kalibrlash uchun Hipparcos satelit oʻlchovlaridan standart qizil yulduzi oʻlchamlari ishlatilgan.

Andromeda galaktikasining qayta ishlangan tasvirlari, galaktika yulduzi hosil boʻlgan hududlarini koʻrsatish uchun H-alfa kuchaytirilgan

Andromeda 2 – 3 milliard yil oldin 2 ta galaktikalarni birlashishi oqibatida hosil boʻlgan. Andromedaning birlashgan galaktikalardan tashkil topganligini aniqlashda yordam bergan asosiy faktor uning yulduzlar turkumi joylashgan diskining hozirgi kundagi holatga nisbatan yaxshiroq rivojlangani edi, chunki deyarli 2 million yil ilgari yulduzlar turkumi rivojlanishi ancha tez boʻlgan.

Galaktikalarning oʻzaro toʻqnashishi oqibatida Andromedada katta miqdorda turli metallar aralashgan tumanli disk va oqim hosil boʻlgan. Oʻzgarishlar yulduzlar shakillanish jarayonini tezlashtirib yuborgan va natijada 100 million yil ichida galaktika katta miqdordagi yulduzlar turkumiga ega boʻlgan.

  1. López-Corredoira, M.; Prieto, C. Allende; Garzón, F.; Wang, H.; Liu, C.; Deng, L. (1 April 2018). "Disk stars in the Milky Way detected beyond 25 kpc from its center". Astronomy & Astrophysics 612: L8. doi:10.1051/0004-6361/201832880. https://www.aanda.org/articles/aa/abs/2018/04/aa32880-18/aa32880-18.html. 
  2. Payne-Gaposchkin, Cecilia H. (1953). "Why Do Galaxies Have a Spiral Form?". Scientific American 189 (3): 89–99. doi:10.1038/scientificamerican0953-89. http://www.jstor.org/stable/24944338.