Kontent qismiga oʻtish

Aleksandriya museyoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandriya (Iskandariya) museyoni (yunoncha: museyon – muzalar ibodatxonasi) – Aleksandriya shahridagi qad. ilmiy, adabiy va oliy taʼlim muassasasi. Miloddan avvalgi 3-asrda podsho Ptole-mey I asos solgan. Uni oliy darajadagi kohin boshqargan. Ptolemeylar musey-onga barcha ellinistik mamlakatlardan olim va yozuvchilar (mas, Evklid, Eratosfen, Kallimax va boshqalar)ni taklif qilgan. Museyon qoshida kutubxona boʻlgan (qarang Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi). Kutubxonaga podsho tomonidan tayinlagan olim mudirlik flgan. Miloddan avvalgi 48 yil Aleksandriya urushi vaqtida museyonning bir qismi yonib ketgan. Rim imperiyasi davrida museyon asta-sekin oʻz mavqeini yoʻqota boshlagan. 273-yil esa imperator Avrelian qoʻshinlari Aleksandriyani bosib olish chogʻida museyon va kutubxonani vayron qilib, oʻt qoʻyib yuborganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil