Kontent qismiga oʻtish

Bruno Caires

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bruno Caires
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bruno Ricardo Mendonça de Caires
Tavallud sanasi 22-aprel 1976-yil (1976-04-22) (48 yosh)
Tavallud joyi Lissabon, Portugaliya
Boʻyi 1.84m
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991–1994 Benfica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994–1997 Benfica 35 (2)
1994–1995  Belenenses 15 (0)
1997–1999 Celta 17 (0)
1999–2000  Tenerife 12 (0)
2000–2004 Sporting CP 0 (0)
2001–2004 Sporting B 42 (3)
2002–2003  Maia 26 (1)
2003  Covilhã 13 (0)
2004–2005 Louletano 34 (1)
Milliy terma jamoa
1991–1992 Portugaliya U16 12 (0)
1992 Portugaliya U17 3 (0)
1992–1993 Portugaliya U18 12 (0)
1994–1995 Portugaliya U20 13 (1)
1995–1997 Portugaliya U21 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Bruno Ricardo Mendonça de Caires (1976-yil 2-aprelda tugʻilgan) – portugaliyalik sobiq futbolchi boʻlib, Caires yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Caires Lissabon shahrida tugʻilgan va S. L. Benfikaning yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan, professional futboldagi birinchi yilida C. F. Os Belenensesga ijaraga berildi va u yerda Primeira Ligada ilk bor maydonga tushdi. Caires 1995-yil yozida klubga qaytib keladi va mavsum davomida 24 ta rasmiy oʻyinda ishtirok etib, oʻz jamoasining ikkinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshadi[1].

1997-yilning yozida Caires RC Celta de Vigo klubiga oʻtdi va klub uning xizmatlari uchun 3,5 million yevro toʻladi. Caires La Ligadagi ilk oʻyinini 9-noyabr kuni Tenerifega qarshi safardagi uchrashuvda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda Caires klubga 3:1 hisobida gʻalabaga qozonishiga hissa qoʻshadi. Biroq, Ispaniyadagi faoliyati davomida Caires tez-tez jarohat oldi. Shuningdek, 2000-yilning yanvar oyida Caires Tenerife klubiga ijaraga berildi[2][3].

Keyinchalik, Caires Lissabon shahriga qaytib, Sporting Clube de Portugal bilan shartnoma imzoladi. Caires asosan muhim oʻyinlarda klubning B jamoasi uchun oʻynadi. Caires asosiy jamoada UEFA Chempionlar Ligasida Real Madrid va Portugaliya kubogida F. C. Famalicãoga klubi bilan boʻlgan oʻyinda maydonga tushdi.[4] Caires 2005-yilda, 29 yoshida, F. C. Maia, S. C. Covilhã va Louletano DC klublarida oʻynagandan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi. Cairesning soʻnggi ikki klubi uchinchi divizionda raqobat olib borgan edi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Caires 1995-yilda FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Portugaliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida ishtirok etdi. Caires oltita oʻyinda maydonga tushib, jamoasining Qatarda uchinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshdi. Portugaliya milliy terma jamoasidagi barcha oʻyinlarini hisobga olganda, Caires jami 52 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikkita gol urgan[5].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Caires Portugaliya, Kanada va Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi klublarda oʻynagan futbolchi Eurico Cairesning oʻgʻlidir.

Benfica

  • Taça de Portugal: 1995-96 yillar1995–96
  1. Tovar, Rui Miguel. Almanaque do Benfica. Portugal: Lua de Papel, 2012 — 547-bet. ISBN 978-989-23-2087-8. 
  2. „El Celta ridiculizó al Tenerife“ (Spanish). ABC (1997-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  3. „Bruno Caires“ (Spanish). Yo Jugué en el Celta (2008-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  4. „Sporting 2–2 Real Madrid“. UEFA.com (2000-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  5. „Bruno Caires“. FPF.pt. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
  • Bruno CairesForaDeJogo (arxivda)