Erich Raeder
Erix Reder | |
---|---|
Erix Reder, 1935—1943-yillarda Germaniya HDK Qoʻmondoni | |
Asl ismi | nemischa: Erich Johann Albert Raeder |
Tavalludi |
1876-aprel 24-yil Vandsbek, Gamburg, Germaniya Imperiyasi |
Vafoti |
6-noyabr 1960-yil (84 yoshda)[1] Kil, GFR |
Fuqaroligi |
|
Xizmatdagi yillari | 1894—1945 |
Unvoni | Gross-admiral |
Jang/urush |
I Jahon Urushi, Dogger-banki yaqinidagi jang, Yutland jangi, II Jahon Urushi |
Mukofotlari |
Germaniya: Uchinchi Reyx: |
Otasi | Hans Fridrix Eduard Reder |
Onasi | Gertruda Vilgelm Margarita |
Turmush oʻrtogi | Avgusta Shultz |
Bolalari | 4 nafar |
Isteʼfoda | maxbus, memuarlar yozuvchisi |
Dastxati |
Erix Yoxann Albert Reder (nemischa: Erich Johann Albert Raeder , 1876-yil 24-aprel – 1960-yil 6-noyabr) — Ikkinchi Jahon urushi davrida nemis dengiz floti tarixida katta rol oʻynagan nemis admirali xisoblanadi. Reder 1939-yilda eng yuqori dengiz unvoni bõlmish buyuk admiral darajasiga erishdi va Xenning fon Xoltzendorffdan keyin bu unvonga ega bo'lgan birinchi shaxs boʻldi. Reder urushning birinchi yarmida natsislar Dengiz flotini «Kriegsmarineni» boshqaradi. 1943-yil yanvar oyida isteʼfoga chiqadi va uning oʻrniga Karl Dönitz keladi. Nyurnberg sudida u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, ammo sogʻligʻi yomonlashgani uchun muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgan.
Karyerasining boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reder Germaniya imperiyasidagi Prussiyaning Shlezvig-Golshteyn provinsiyasidagi Wandsbek[2] shahrida tugʻilgan. Uning otasi maktab direktori boʻlgan. Oʻqituvchi va ota sifatida oʻzining avtoritar qarashlari bilan mashhur boʻlgan va oʻgʻliga mehnatsevarlik, tejamkorlik, eʼtiqod va itoatkorlik kabi qadriyatlarni singdirgan.[3] Xans Reder, shuningdek, oʻz farzandlarini agar Germaniya demokratik davlatga aylansa, bu falokat boʻlishidan ogohlantirdi, chunki bu hukumat "siyosat oʻyinlariga oʻynaydigan" — millat manfaatlari oʻrniga oʻzlarining mayda guruhlar manfaatlari uchun xizmat qilishi mumkin edi.[3]
Germaniya Imperatorlik floti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reder 1894-yilda „Kaiserliche Marine“ga (Imperator dengiz floti) qoʻshildi va 1912-yilda Frans von Xipperning shtab boshligʻi boʻlib, tez suratlarda lavozimi koʻtarildi. Rederning lavozim koʻtarilishiga asosan uning aql-zakovati va mehnatsevarligi sabab boʻldi[4] va 1901-yildan 1903-yilgacha Reder Prussiya shahzodasi Geynrixning shtabida xizmat qildi va oʻzining kuchli homiysiga ega boʻldi.[5] Uning sovuqqon va odamovi xarakteri tufayli, uning doʻstlari u haqida juda kam narsa bilishlarini tan olishgan edi.[4] Dengiz flotining hukmron shaxsi dengiz flotining avtokratik stats-kotibi admiral Alfred fon Tirpitz edi. Tirpitzning "jahon kuchlari maqomi"ga erishish uchun uning afzal koʻrgan usuli „Risikoteorie“ (xavf nazariyasi) boʻlib, bunda, Germaniya „Risikoflotte“ (Xavf floti)ni qurishi va shu yoʻl bilan Britaniya uchun Germaniya bilan urush qilish xavfli boʻlishi mumkinligini hamda shu bilan xalqaro muvozanatni „reyx“ foydasiga oʻzgartirishi reja qiladi. Tirpitz dengiz flotini 1897-yildagi kichik qirgʻoq mudofaasi kuchlaridan 1914-yilgi kuchli Oliy dengiz flotiga aylantirdi.
Uzoq Sharq
[tahrir | manbasini tahrirlash]1904-yilda rus tilini yaxshi biladigan Reder Uzoq Sharqqa rus-yapon urushi kuzatuvchisi sifatida yuborildi.[6] 1905-yildan boshlab Reder dengiz flotining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimida ishladi, u yerda Tirpitz bilan birinchi marta uchrashdi va siyosatga kirishni jurnalistlarga Seemachtideologieni targʻib qiluvchi maqolalar chop etish va Reyxstagda siyosatchilar bilan uchrashish uchun brifing berish orqali boshladi.[7] Tirpitz bilan yaqindan hamkorlik qilib, Reder 1906-yildagi Uchinchi dengiz kuchlari toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish uchun Reyxstagni lobbi qilishda faol ishtirok etdi, bu esa Germaniyani Britaniya bilan 20-asrning boshlarida boshlangan Angliya-Germaniya dengiz poygasida raqobat qilish uchun yangi «yirik qurolli jangovar kemalarni» qurishga majbur qildi.[8]
Reder Birinchi jahon urushi boshlanishidan avval Kayzerning shaxsiy yaxtasi kapitani boʻlib ishladi. Bu unchalik foydali lavozim boʻlmasada, koʻpincha bu lavozimdagi odamlar keyinchalik tezda koʻtarilishardi.[9]
Birinchi jahon urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reder Birinchi jahon urushi paytida, Xipperning shtab boshligʻi boʻlib ishlagan. U 1915-yilda Dogger-Bank yaqinidagi jangida va 1916-yilda Yutland jangida qatnashgan. Keyinchalik Reder Xipperni "qogʻozbozlikni yomon koʻradigan" admiral sifatida taʼriflaydi. Xipper katta vakolatlarni Raederga topshirdi, shuning uchun u shtab boshligʻi lavozimidan koʻra koʻproq taʼsir doirasiga ega edi.[10]
Birinchi jahon urushi paytida va undan keyin Germaniya dengiz floti ikki xil fikrlovchilar maktabiga boʻlingan. Ulardan biri admiral Alfred fon Tirpitz (1849–1930) boshchiligida amerikalik tarixchi Alfred Tayer Maxan (1840–1914) taʼlimotining ashaddiy izdoshlaridan iborat boʻlib, jangovar kema atrofida markazlashgan “muvozanatli flot” qurishga va urush boʻlgan taqdirda Qirollik dengiz flotiga qarshi hal qiluvchi jangda (Entscheidungsschlacht) gʻalaba qozonishiga ishonardi.[11] Qo'mondon Volfgang Vegener (1875-1956) boshchiligidagi boshqa maktab esa Britaniyaning yuqori kemasozlik salohiyati tufayli Germaniya hech qachon Entscheidungsschlachtni yutib olishga qodir boʻlgan "muvozanatli flot" qurishga umid qila olmasligini ta'kidlardi va shuning uchun nemis dengiz kuchlaridan guerre de course (dushmanning savdo kemalariga qarshi savdo reydlari) olib boradigan kreyserlar va suv osti kemalari flotini qurishi toʻgʻriroq ish boʻlishini takidlardi.[12] Vegenerning gʻoyalari bayon etilgan uchta maqolasini oʻqib chiqqan admiral Xipper ularni Berlindagi Admiralteyaga topshirishga qaror qiladi, ammo Rederning Vegener tezislarini notoʻgʻri deb baholagan maqolasini oʻqib chiqib, oʻz fikrini oʻzgartiradi.[13] Bu Reder va Vegener o'rtasidagi uzoq janjalning boshlanishini belgilab berdi. Vegener oʻzining sobiq doʻsti Reder uning gʻoyalariga hasad qilganini daʼvo qiladi.[14]
1916-yil may oyida Reder Xipperning jangovar kreyserlarining reydini rejalashtirishda katta rol oʻynadi, uning maqsadi Britaniya kreyser kuchlarini oʻziga jalb qilib, keyinchalik ular asosiy Oliy dengiz floti tomonidan yoʻq qilinadi.[15] Ushbu reyd Yutland jangiga aylandi. Reder ushbu jangda muhim rol oʻynadi va jangning yarmida Xipperning flagmani shikastlanishi natijasida SMS Lutzowdan SMS Moltkega, oʻtishga majbur boʻldi.
Admiral Xipper shtabi boshligʻi sifatida u Xipperning nemis jangovar kreyser eskadronining Atlantika okeani bo'ylab suzib o'tishi va Kanada suvlari boʻylab G'arbiy Hindistonga va Janubiy Amerika suvlarida harakat qilayotgan Britaniya kreyserlarini cho'ktirish va shu bilan inglizlarni Uy flotining muhim qismini Yangi Dunyoga qayta joylashtirishga majbur qiluvchi rejasini tuzishda yaqindan ishtirok etgan.[16] Garchi Xipperning rejalari juda xavfli boʻlganligi sababli,rad etilgan boʻlsa-da, ular Rederning keyingi fikrlash darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.[17]
1918-yil 14-oktabrda Reder harbiy-dengiz kuchlari shtat kotibi admiral Pol Benkening oʻrinbosari etib tayinlanadi.[18] Raeder suv osti kemalari samaradorligi haqida shubhalanardi, lekin urushning soʻnggi haftalarini 450 ta U-qayiqlarni qurish boʻyicha Sheer dasturi boʻyicha ishladi.
1918-yil 28-oktabrda Germaniya imperator floti qoʻzgʻolon koʻtaradi.[19] Reder qoʻzgʻolonni bostirishda katta rol oʻynadi.
Veymar Respublikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rederning ikki ukasi ham Birinchi jahon urushida halok boʻldi va 1919-yilda urush bilan bogʻliq stress tufayli ogʻir taranglik ostida xotini bilan ajrashadi.[20] Reder uchun ajralish katta shaxsiy sharmandalik edi va u umrining oxirigacha birinchi nikohini rad etib keldi.[20] 1918-1919-yillar uning hayotidagi eng qiyin yillar boʻldi.[20]
Oliy dengiz flotining qoʻzgʻoloni
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918–19-yillarning qishida Reder harbiy-dengiz ofitserlari korpusining mudofaa vaziri Gustav Noske tomonidan qoʻzgʻolondan keyin tuzilgan dengizchilar kengashlarini tarqatib yuborish boʻyicha qatʼiy qoʻllab-quvvatlagan saʼy-harakatlarida yaqindan ishtirok etdi.[21] Noske qatʼiy "qonun va tartib" qarashlariga ega sotsial-demokrat edi. Bu davrda Reder dengiz zobitlari korpusi va Noske oʻrtasida bogʻlovchi boʻlib xizmat qilgan va aynan Reder 1919-yil 11-yanvarda Noskega Adolf fon Trotani dengiz floti bosh qoʻmondoni etib tayinlashni taklifini beradi.[22] Urush paytida Tirpitsning imperator rahbariyatiga qilgan hujumlari ofitserlar korpusida "usta" va „kayzer“ tarafdorlari oʻrtasida boʻlinishga olib keldi va Reder Trotani ikkala fraktsiya uchun ham maqbul boʻlgan yagona ofitser deb xisoblardi.[22] Noske, oʻz navbatida, dengiz flotidan kommunistlarning qoʻzgʻolonni bostirish uchun „Freikorps“ uchun koʻngillilarni yuborishni so'radi.[23] Dengiz kuchlari Freikorpsga ikkita brigadani yubordi.[24] Freikorpsni qo'llab-quvvatlash dengiz flotining "davlat ichidagi davlat" maqomini davom ettirishi va armiyani demokratlashtirishga bõlgan harakatlarni tugatish edi. Veymar respublikasi davrida harbiylar oʻzini „überparteiliche“ (partiyadan yuqori) deb hisoblardi, bu esa siyosiy betaraflikni anglatmasdi.[25] Harbiylar "siyosat"ning ikki turi borligini ta'kidladilar: siyosatchilar mas'uliyati boʻlgan parteipolitisch (partiyaviy siyosat) va harbiylar masʼuliyati boʻlgan staatspolitisch (davlat siyosati).[25] Staatspolitisch Germaniyaning "abadiy" manfaatlariga va siyosatchilar yoki xalqning xohishidan qatʼi nazar, dunyo hokimiyatini qoʻlga kiritishning "tarixiy missiyasi" bilan bogʻliq edi.[25]
Kapp zarbasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urushdan soʻng, 1920-yilda Reder muvaffaqiyatsizlikka uchragan Kapp Putchida qatnashdi, oʻshanda u deyarli butun dengiz ofitserlari korpusi bilan birgalikda Veymar respublikasi rahbarlariga qarshi Volfgang Kappning "hukumatini" ochiq-oydin qoʻllashini eʼlon qildi.[5] 1920-yilning yozida Reder ikkinchi marotaba uylanadi. Uning ushbu nikohdan bitta oʻgʻli bor edi.
Kapp putchi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, u Dengiz harbiy floti arxiviga oʻtkazildi va u yerda ikki yil davomida Birinchi jahon urushida dengiz flotining rasmiy tarixini yozishda yetakchi rol oʻynadi.[26] Shundan soʻng, Reder dengiz floti ierarxiyasida barqaror yuksalishda davom etdi va 1925-yilda «Vizeadmiral» (vitse-admiral) boʻldi.
Bosh qoʻmondon
[tahrir | manbasini tahrirlash]1928-yil 1-oktabrda Reder admiral lavozimiga koʻtarildi va Veymar Respublikasi dengiz floti boʻlmish Reyxsmarine dengiz qoʻmondonligi (Chef der Marineleitung) boshligʻi etib tayinlandi. 1935-yil 1-iyunda „Reyxsmarina“ „Kriegsmarin“ deb oʻzgartirildi va Reder «Oberbefehlshaber der Kriegsmarine» unvoni bilan bosh qoʻmondon boʻldi. 1936-yil 20-aprelda Reder yangi general-admiral unvoniga koʻtarildi va „reyxs“ vaziri unvoni va vakolatiga ega boʻldi, ammo rasmiy „unvon“ berilmadi.[27] 1937-yil 30-yanvarda Gitler Rederga Oltin partiya nishonini topshirdi va shu bilan uni partiyaga qabul qildi (aʼzolik raqami 3 805 228).[28]
Ikkinchi jahon urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rederning fikricha, dengiz floti Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga tayyor emas edi. Dengiz floti Britaniya Qirollik dengiz floti bilan kurashish uchun yetarli emas edi va buning oʻrniga konvoy reydlari strategiyasini amalga oshirdi. Reder „Kriegsmarine“ faol rol oʻynashini xohladi, chunki u urushdan keyin byudjet qisqartirilishidan qo'rqardi. Flotning Kichikroq kemalari Britaniya Qirollik dengiz floti kemalariga qarshi kurashish uchun butun dunyo bo'ylab tarqalib ketgan, katta jangovar kemalar esa Shimoliy dengizda Britaniya Qirollik flotining kuchini asta-sekin kamaytirish maqsadida reydlar oʻtkazardi.
Reder River Pleyt jangi natijasidan norozi edi va Hans Langsdorff kemani choʻktirib yubormasligi, balki, buning oʻrniga Qirollik dengiz flotini bilan jang qilishi kerak edi, deb hisoblardi. Flot qoʻmondoni Hermann Boem ham javobgarlikka tortildi va Reder tomonidan ishdan boʻshatildi.
Ittifoqchilar Norvegiya aerodromlaridan qishki urushda Sovetlarga qarshi kurashayotgan finlarga samolyotlaridan foydalanishga topshirishadi, shuningdek, Norvegiya suvlarini minalashtirishadi va nemislar bu voqealarning bunday rivojidan xavotirga tushdilar. Agar ittifoqchilar Norvegiya harbiy-dengiz bazalaridan foydalanishsa yoki Norvegiya suvlarini muvaffaqiyatli minalashtira olishsa, ular Germaniyaning Shvetsiyadan muhim temir rudasi importini toʻxtatishi va Germaniya blokadasini kuchaytirishi mumkin edi. Ittifoqchilar temir rudasini tashishni to'xtatish uchun Norvegiya va Shvetsiyaga bostirib kirishni rejalashtirgan edi. Boltiq dengizi mintaqasidagi „Kriegsmarin“ qoʻmondoni admiral Rolf Karls 1939-yil sentabr oyida Rederga Norvegiyaga bostirib kirishni taklif qildi. Reder oktabr oyida Gitlerga gʻoya haqida maʼlumot berdi, ammo bosqinrejalashtirish 1939-yil dekabrida boshlandi. 1940-yil fevral oyida hodisasi sodir boʻldi. Norvegiya neytral suvlarida 300 ta ittifoqchilar asirlarni olib ketayotgan nemis tankeriga Angliya Qirollik dengiz floti esminetsi hujum qilib asirlarni ozod qiladi. Shundan so'ng, Norvegiya bosqinining rejalari jiddiy tuz oldi. Bosqin Kriegsmarine uchun qimmatga tushdi, u ogʻir kreyserni, oltita engil kreyserdan ikkitasini, 20 esminetsdan 10 tasini va oltita suv osti kemasini yoʻqotdi. Bundan tashqari, deyarli barcha boshqa kemalar zarar koʻrdi va qirgʻoqda taʼmirlashni talab qilardi. Norvegiya hodisadan keyin bir qancha vaqt davomida nemis flotida faqat uchta yengil kreyser va toʻrtta esminets qoldi.
Fransiya ustidan qozonilgan tezkor gʻalaba Kriegsmaringa Fransiyaning gʻarbiy sohilidagi portlarda qolish imkonini berdi. Bu strategik ahamiyatga ega edi, chunki nemis harbiy kemalari doʻstona portlarga qaytish uchun xavfli boʻlgan La-Mansh boʻgʻozi orqali oʻtishlari shart emas edi, shuningdek, konvoylarga hujum qilish uchun Atlantika okeanida uzoqroq masofani bosib o'tishga imkon berardi. Fransiyaning taslim bo'lishi bilan Reder fransuz flotining kemalarini musodara qilish va ularni o'z ekipajlari bilan ta'minlash orqali flotning kuchini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini ko'rdi. Biroq, Gitler bu gʻoyaga veto qoʻydi, chunki bu fransuz flotini Britaniya Qirollik dengiz flotiga qoʻshilishga undardi. garchi Britaniya Qirollik dengiz floti Fransiya bilan dõstona aloqada bo'lishiga qaramay, Reder rejasidan qoʻrquv BritaniyaningMers-el-Kebirda Fransiya flotiga qarshi hujum qilishiga sabab boʻldi.
1940-yil 11-iyulda Gitler va Reder «Z rejasida» koʻrsatilgan jangovar kemalarni qurishni davom ettirishga kelishib oldilar. Reder shuningdek, Norvegiya dengizidagi Trondxaymda , Biskay ko'rfazidagi Sen-Nazer va Lorientda bazalar quradi. Bu vaqtda Raeder va boshqa yuqori martabali ofitserlar Shetland, Islandiya, Azor orollari, Eron, Madagaskar, Quvayt, Misr va Gollandiyaning Ost-Indiasini bosib olish uchun eslatmalarni topshirishni boshladilar.
1941-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]1941-yil yanvar oyida "Scharnhorst" va "Gneisenau" jangovar kreyserlari Atlantika okeanida muvaffaqiyatli savdo-reyd missiyasiga yuborildi. 18-mart kuni Reder AQSh harbiy kemalarini hech qanday sababsiz boʻlsa ham oʻqqa tutishni xohladi. U oʻtgan yilgi kema yoʻqotishlari sababli Azor orollariga bostirib kirishdan bosh tortdi.
1941-yil aprel oyida Reder „Scharnhorst“ va „Gneisenau“ning tijorat bosqinchilik missiyasining muvaffaqiyatini davom ettirishni rejalashtirdi. Bu «Rheinübung operatsiyasi» deb nomlangan Lütjens qoʻmondonligi ostida jangovar kema, ikkita jangovar kreyser va ogʻir kreyserni oʻz ichiga olardi. Dastlabki rejaga koʻra, Sharnhorst va Gneisenau jangovar kreyserlari operatsiyada ishtirok etishlari kerak edi, ammo Scharnhorst dvigatellari jiddiy taʼmirlanayotgan va Gneisenau bir necha kun oldin torpedo zarbasiga uchragan hamda olti oyga safdan chiqqan edi. Oxir-oqibat, «Bismark» va «Prinz Eugen» missiyaga yuborildi va missiya Bismark kemasining choʻkishi bilan yakunlandi. Bu halokat deyarli savdo kemalariga qarshi kapital kemalardan foydalanishni tugashiga olib keldi. Gitler bu voqealardan mamnun emas edi va yirik «Bismarkni» qurish va ishlatishda foydalanilgan resurslarni behuda ishlatilgan deb xisobladi.
1941-yil oxirida Reder Fransiya portlarida qolgan ikkita jangovar kemani Norvegiya suvlari orqali keyingi operatsiyalar uchun Germaniyaga yuboradigan "kanal yoʻnalishini" rejalashtirdi. Reja Sovet Ittifoqiga Lend-Lizing konvoylari bilan tahdid qilish, Norvegiyaga bostirib kirishni oldini olish va Atlantika okeanida suv osti kemalariga qarshi ishlatilishi mumkin bo'lgan uy floti elementlarini bilan bogʻlash edi.
Pyorl-Harborga hujumdan soʻng Reder, feldmarshal Keytel va Reyxsmarshal Goring bilan birgalikda Gitlerni AQShning "Kamalak beshligi" urush rejasini hisobga olgan holda zudlik bilan Qoʻshma Shtatlarga urush eʼlon qilishga va AQShning sharqiy qirgʻoqlari yaqinida suv osti kemalariga hujum qilishni boshlashga chaqirdi. Bu nemis suv osti kemachilari tomonidan "Ikkinchi baxtli vaqt" deb nomlanadi.[29]
Isteʼfo
[tahrir | manbasini tahrirlash]1943-yil 30-yanvarda Gitlerning Barents dengizidagi jangdan gʻazablanganidan soʻng, Kriegsmarinning suv osti kemalari oliy qo'mondoni Karl Dönits grand-admiral lavozimiga ko'tarildi va Reder admiral-inspektor lavozimiga tayinlandi. Reder Gitlerni jang haqida xabardor qila olmaydi. Gitler bu jang haqida xorijiy matbuotdan bilib qoladi. Albert Speerning soʻzlariga koʻra, Gitler Lyutsov va Admiral Hipperning «jangovar ruhi» yoʻq deb xisoblaydi.[30]
Urushdan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nyurnberg sudi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reder 1945-yil 23-iyunda Sovet qoʻshinlari tomonidan qoʻlga olinadi[31] va Moskvada qamoqqa tashlangan. Iyul oyining oxirida u Nyurnbergda mahkamaga tortildi va quyidagilarda ayblandi:
- tinchlikka qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etish uchun fitna uyushtirish;
- bosqinchilik urushlarini rejalashtirish, boshlash va olib borish;
- urush qonunlariga qarshi jinoyatlar.
Reder barcha moddalar boʻyicha aybdor deb topildi[32] va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.[33] U bu hukmdan hayratda qoladi, chunki u oʻlimga hukm qilinishini kutgandi.[34] Uning rafiqasi nemis faxriylari tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, sogʻligʻi yomonlashgani sababli, 1955-yil 26-sentabrda ozod qilinmaguncha, uni ozod qilish uchun bir nechta kampaniyalarni olib bordi[35]
Ozodlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reder oʻzining "Mein Leben" nomli avtobiografiyasini yozgan.
U 1960-yil 6-noyabrda Kilda vafot etdi. Uning rafiqasi 1959-yilda vafot etgan. U Kildagi Nordfridhofda (Shimoliy qabriston) dafn etilgan.
Xizmat haqida xulosa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Seekadett (Dengiz kursanti): 1894-yil 26-aprel
- Fähnrich zur See (Midshipman): 1895-yil 13-may
- Leutnant zur See (Dengiz leytenanti): 1897-yil 25-oktabr
- Oberleutnant zur See (Dengiz katta leytenanti): 1900-yil
- Kapitänleutnant (Kapitan leytenant): 1905-yil
- Korvettenkapitän (Korvet kapitani): 1911-yil 15-aprel
- Fregattenkapitän (Frigat kapitani): 1915-yil
- Kapitän zur See (Dengiz kapitani): 1919-yil 19-noyabr
- Konteradmiral (Kontr-admiral): 1922-yil 1-avgust
- Vizeadmiral (Vitse-admiral) 1925-yil 1-aprel
- Admiral (Admiral) 1928-yil 1-oktabr
- Generaladmiral (General-admiral): 1936-yil 10-aprel
- Großadmiral (Grand-admiral): 1939-yil 1-aprel
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ikki boshli ajdaho ordeni, 3-sinf, 2-darajali (Xitoy, 1898-yil 10-oktabr)
- Xitoy medali (Germaniya imperiyasi, 1901-yil 12-dekabr)
- Qizil burgut ordeni, 4-darajali (Prussiya, 1907-yil 22-iyun)[36]
- Kumush toj bilan Piter Frederik Lui uyining 2-darajali faxriy ritsar va ordeni (Oldenburg, 1907-yil 17-sentabr)[36]
- Qizil burgut ordeni, 4-darajali toj bilan (Prussiya, 1911-yil 5-sentabr)[36]
- Frants Iosif ordeni qoʻmondonlik xochi (Avstriya, 1911-yil 16-sentabr)[36]
- Qutqaruvchi ordeni qoʻmondonlik xochi (Gretsiya, 1912-yil 14-may)[36]
- 2-darajali Avliyo Stanislaus ordeni (Rossiya, 1913-yil 16-aprel)
- Temir xoch (1914) 2-sinf (1914-yil 19-noyabr) va 1-sinf (1915-yil 18-fevral)[36]
- Qilichli kumush Imtiyoz medali
- Usmonli urush medali (shuningdek, "Gallipoli yulduzi" yoki "Temir yarim oy" sifatida ham tanilgan)
- Fridrix Avgust Kross, 1 va 2-sinf (Oldenburg)
- Qirollik uyining ritsar xochi Gohenzollern ordeni qilich bilan (1916-yil 5-iyun)
- Harbiy xizmatlari uchun ordeni, 4-darajali qilich va toj bilan (Bavariya, 1916-yil 20-dekabr)
- Urush esdalik medali (Bolgariya, 1917-yil 20-noyabr)
- Harbiy xizmat xochi, urush ordeni bilan 3-darajali (Avstriya-Vengriya, 1918-yil 4-sentabr)
- Kil universitetining falsafa fakultetining faxriy doktori (1926-yil 31-may)[37]
- "Dengiz xizmatlari uchun" ordeni Buyuk xochi (Ispaniya, 1928-yil 16-noyabr)
- "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan qoʻmondon xochi (Chili, 1928-yil sentabr)
- Jahon urushi esdalik medali, qilichli (Vengriya, 1931-yil 3-iyun)
- Avliyolar Moris va Lazar ordenining buyuk ofitseri (Italiya, 1934-yil 7-may)
- "Harbiy xizmatlari uchun" ordeni (Bolgariya, 1934-yil 28-iyun)
- Faxriy xoch (1934-yil 9-oktabr)
- 1-darajali xizmatlari uchun ordeni (Vengriya, 1934-yil 5-dekabr)
- Finlandiyaning Oq atirgul ordeni bilan taqdirlangan Buyuk xoch (1936-yil 27-fevral)
- Vermaxtning uzoq muddatli xizmatlari uchun mukofoti, 1-darajali (1936-yil 2-oktabr)
- Olimpiya o'yinlari bezagi, 1-sinf (1936-yil 16-avgust)
- Oltin partiya nishoni (1937-yil 30-yanvar)
- Avliyolar Moris va Lazar ordenining Buyuk xochi (Italiya, 1937-yil 20-sentabr)
- 1-darajali Quyosh ordeni (Yaponiya, 1937-yil 9-noyabr)
- Urush xotirasi medali (Bolgariya, 1937-yil 30-noyabr)
- Gamburg sharafi oltin medali (1939-yil 1-aprel)
- Oq burgut ordeni (Polsha, 1939-yil 2-iyun)
- Oq rangdagi dengiz xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan Buyuk xoch (Ispaniya, 1939-yil 21-avgust)
- Sudetenland medali (1938-yil 25-oktabr) "Praga qalʼasi" qisqichi bilan (Sudetenspange) (1939-yil 19-sentabr)
- Memel medali (1939-yil 26-oktabr)
- Temir xochga bog'lanish, 1- va 2-sinflar (1939-yil 30-sentabr)
- Temir xochning ritsar xochi (nr.1) (1939-yil 30-sentabr) Großadmiral va Oberbefehlshaber der Kriegsmarine[38]
- Qilich ordeni qo'mondoni Buyuk Xoch (Shvetsiya, 1940-yil 18-oktabr)
- Qilich ordeni katta xochi (Shvetsiya, 1940-yil 24-oktabr)
- Savoy harbiy ordeni Buyuk xochi (1942-yil 4-aprel)
- Qilich va boshqa bezaklar bilan qirol Zvonimir tojining Buyuk Xoch ordeni (Xorvatiya, 1942-yil 26-sentabr)
- Vengriya Qirolligining "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni, qilichli urush lentasi (Vengriya, 1943-yil 8-fevral)
- Qilichli Avliyo Aleksandr ordenining Buyuk xochi (Bolgariya, 1941-yil 3-sentabr)
- Jasur Maykl ordeni, 1, 2 va 3-darajali (Ruminiya, 1941-yil 14-oktabr)[36]
- Ozodlik xochi ordeni (Finlandiya, 1942-yil 25-mart)[36]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ((The Editors of Encyclopaedia Britannica)) (2-noyabr 2020-yil). "Erich Raeder". Encyclopaedia Britannica. https://www.britannica.com/biography/Erich-Raeder.<!--->
- ↑ Bird. Erich Raeder: Admiral of the Third Reich. United States Naval Institute, 2013 — 19-bet. ISBN 978-1-55750-047-2. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 Bird Erich Raeder pp. 1–2.
- ↑ 4,0 4,1 Bird Erich Raeder p. xxvi.
- ↑ 5,0 5,1 Thomas p. 51.
- ↑ Bird Erich Raeder p. 13.
- ↑ Bird Erich Raeder pp. 13–14.
- ↑ Bird Erich Raeder pp. 14–15.
- ↑ Bird Erich Raeder p. 17.
- ↑ Bird Erich Raeder p. 18.
- ↑ Herwig p. 73.
- ↑ Herwig pp. 83–85.
- ↑ Hansen p. 89.
- ↑ Hansen p. 81.
- ↑ Bird Erich Raeder p. 23.
- ↑ Bird Erich Raeder p. 89.
- ↑ Hansen p. 93.
- ↑ Bird Erich Raeder p. 31.
- ↑ Bird Erich Raeder p. 34.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 Bird Erich Raeder p. 49.
- ↑ Bird Erich Raeder pp. 35–36.
- ↑ 22,0 22,1 Bird Erich Raeder p. 37.
- ↑ Bird Weimar pp. 45–46.
- ↑ Bird Weimar pp. 46–52.
- ↑ 25,0 25,1 25,2 Bird Weimar p. 140.
- ↑ Thomas pp. 57–58.
- ↑ „loc gov“.
- ↑ Wistrich, Robert. Who's Who in Nazi Germany. Macmillan Publishing Co., 1982 — 239-bet. ISBN 0-02-630600-X.
- ↑ „Ariwatch“.
- ↑ Speer, Albert. Inside the Third Reich. London: Weidenfeld & Nicolson, 1995 — 374–375-bet. ISBN 978-1-84212-735-3.
- ↑ Biagi, Enzo. La seconda guerra mondiale, una storia di uomini (it). Milan: Gruppo editoriale Fabbri, 1983 — 2743-bet.
- ↑ Biagi, p. 2757
- ↑ Biagi, p. 2759
- ↑ Bird, Keith. Erich Raeder: Admiral of the Third Reich (en). Naval Institute Press, 2013. ISBN 978-1612513751.
- ↑ Bird, Keith. Erich Raeder: Admiral of the Third Reich (en). Naval Institute Press, 2013. ISBN 978-1612513751.
- ↑ 36,0 36,1 36,2 36,3 36,4 36,5 36,6 36,7 Dörr 1996, p. 142.
- ↑ Bird, Keith W.. Erich Raeder : Admiral of the Third Reich. Annapolis, Md.: Naval Institute Press, 2006. ISBN 978-1612513751. OCLC 843883018.
- ↑ Scherzer p. 611.