Kontent qismiga oʻtish

Koʻrgan viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻrgan viloyati - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. Ural iqtisodiy rniga kiradi. 1943-yil 6. fevralda Chelyabinsk viloyatidan ajralib chiqqan. Maydoni 71 ming km². Aholisi 1105,6 ming kishi (1998), asosan, ruslar; shuningdek, tatar, ukrain, boshqird, qozoq va boshqa ham yashaydi. Shaharliklar 55,6%.24 tumanga boʻlingan, 9 shahar, 6 shaharcha bor. Markazi – Koʻrgan shahri

Koʻrgan viloyati Gʻarbiy Sibir tekisligining janubida joylashgan. Yer yuzasi tekis, uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlaridan tuzilgan. Foydali qazilmalari: kaolin va shisha qumlari, osh tuzi, gil va ohaktosh, torf. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 18°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 400 mm. Vegetatsiya davri 160–165 kun. Asosiy daryolari: Tobol va Iset. 2000 ga yaqin koʻl bor. Viloyat yirik foydali qazilmalar zahirasiga ega emas, shuning uchun asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash bilan bogʻliq ikkinchi darajali sanoat rivojlanmoqda. Yirik korxonalari – "Sintez" kombinati, "Koʻrganpribor" radio zavodi, "Korvet" armatura korxonasi, "Koʻrganselmash" ishlab chiqarish birlashmasi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun uskuvalar, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan "Koʻrganmash" zavodi, avtobus, avtoagregat, gʻildiraqli shatak, yogʻochsozlik stanoklari, telefon, "Start" zavodlari. Un va goʻsht-sut sanoati korxonalari bor. Koʻrgan issiqlik elektr markazi energiya bilan taʼminlaydi. Koʻrgan viloyati – eng yirik k. x. bazasi. Bugdoy, arpa, yem-xashak ekinlari ekiladi. Kartoshkachilik bilan shugʻullaniladi. Sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, qoʻychilik rivojlangan. Tobol daryosida kema qatnaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil