Kontent qismiga oʻtish

Kontinuum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kontinuum (lotincha: „continuum“ — uzluksiz), matematikada — uzluksiz toʻplam; bir nechta xilda qoʻllanadi. Toʻplamlar nazariyasida, masalan, toʻgʻri chiziqdagi kesma barcha nuqtalarining L toʻplami. K. quvvat — C=2No kardinal son; natural sonlarning barcha qism toʻplamlarining quvvatini bildiradi. K. gipoteza (G. Kantor gipotezasi) K. quvvatli toʻplamning barcha cheksiz qism toʻplamlari quvvati yoki natural sonlar toʻplami quvvati bilan yoki K. quvvatli toʻplam bilan bir xil. Topologiyada — boʻsh boʻlmagan bogʻlamli bikompakt fazo. Metrika kiritilgan K.lar muhim ahamiyatga ega. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil