Men oroli
Men oroli (inglizcha: Isle of Man [aɪl ɒv mæn], men tilida:Ellan Vannin [ˈɛlʲən ˈvanɪn]) Britaniya tojining tojga mulkidir. Irlandiya dengizida Angliya, Irlandiya, Shotlandiya va Uelsdan taxminan bir xil masofada joylashgan. Men oroli dunyodagi eng qadimgi parlamentlardan biriga ega (Tinwald) — 979 yildan beri mavjud.
1973-yilda Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya) Gibraltar bilan birga Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga (keyinchalik Yevropa Ittifoqiga aylantirilgan) qoʻshildi[1]. Men oroli, Jersi va Gernsi Yevropa Ittifoqiga qoʻshilmagan.
Men orolining ramzi — triskelion — bir nuqtadan chiqgan uchta yuguruvchi oyoq. Bu orolning shiorida aks etgan barqarorlikni anglatadi. Orol bayrogʻi va gerbida ham tasvirlangan.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orol nomining aniq etimologiyasi nomaʼlum. Men tilidada orol Ellan Vannin deb atalgan (ellan soʻzi „orol“ degan maʼnoni anglatadi). Men nomining eng qadimgi maʼlum shakli Manu yoki Mana[2]. Julius Caesar oʻzining „Galliya urushi haqida eslatmalar“ asarida Mona nomi bilan Men orolini (Britaniya va Irlandiya oʻrtasida joylashgan orol) eslatib oʻtadi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Men orolining tarixini uchta asosiy davrga boʻlish mumkin — Keltlar davri, Skandinaviya davri (Vikinglar davri) va Britaniya davri.
Siyosiy tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Men oroli Britaniya toji mulkidir. Boshqaruv shakli — parlament konstitutsiyaviy monarxiya, siyosiy rejimi — demokratiya. Men oroli Buyuk Britaniyaning bir qismi emas.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Men orolida 83,314 kishi istiqomat qiladi, ulardan 27,938 nafari orolning poytaxti Douglasda istiqomat qiladi. Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 147,7 nafar kishi.
Shaharlar — Douglas, Ramsey, Castletown, Peel.
Orol Angliya cherkovining Sodor va Men yeparxiyasi tarkibiga kiradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „European Communities Act 1972 (repealed)“. 2009-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-mart.
- ↑ The Isle of Man. A Social, Cultural and Political History. by R. H. Kinvig, p. 18. 1975. 3rd Edition. Liverpool University Press ISBN 0-85323-391-8
- ↑ The Isle of Man. A Social, Cultural and Political History. by R. H. Kinvig pp. 18—19. 1975. 3rd Edition. Liverpool University Press ISBN 0-85323-391-8