Nigilizm
Nigilizm (lotincha nihil — „hech nima“) olamning, ayniqsa insoniyatning obyektiv qiymati yoʻq, deb uqtiruvchi falsafiy oqimdir.[1][2][3][4] Nigilistlar quyidagilarni taʼkidlashadi:
- obyektiv axloq mavjud emas;
- biror amal boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻq;
- mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻq;
- boshqaruvchi yoki yaratuvchi kuchning (masalan, xudoning) borligiga empirik dalil yoʻq;
- agarda shunday kuch mavjud boʻlsa ham, unga itoat qilish axloq jihatdan majburiy emas.
Nigilistlarga koʻra, obyektiv (yaʼni umumiy, hamma mavjudotlar uchun yagona) axloq yoʻq, har qanday axloq tizimi kimningdir nuqtai nazariga mos boʻladi. Lekin muayyan shaxs hissiy yoki jamoat bosimi tufayli tayinli amalni bajaradi. Masalan, qiyin ahvolga tushgan odamga achinib, shu achinish hissi bosimi tufayli unga yordam koʻrsatadi; doʻkon rastalariga qoʻyilgan mollarni oʻgʻirlashdan esa uni din va/yoki qonun prinsiplari (jamoat bosimi) tiyib turadi.
Biror amalning boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻqligini bunday misol bilan izohlash mumkin: ikki xil amal tanlovi bor — choʻkayotgan odamni qutqarish yoki qutqarmaslik. Nigilistga koʻra, ikkala amal oqibatida ham oʻsha choʻkayotgan odam vafot etadi (uzoq kelajakda yoki oʻsha damning oʻzida). Yaʼni bu amallarning ikkalovi ham abadiyat miqyosida hech nimani oʻzgartirmaydi.
Mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻqligi avvalgi iddaolardan kelib chiqadi. Biror individ mavjudligi, hayoti faqat vaqtinchalik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin, biroq obyektiv jihatdan maʼnosizdir.
Xudoning mavjudligi borasidagi bahslar hozirgi kungacha faqat demagogik xarakterga ega boʻlib kelmoqda. Bu xususda jiddiy empirik dalillar mavjud emas.
Nigilizmga koʻra, agar xudo mavjud boʻlsa ham, unga itoat etish, boʻysunish faqat uning bosimi tufayli (jazosidan qoʻrqib, mukofotidan umidvor boʻlib) amalga oshirilishi mumkin. Xudoga itoat etish, boshqa har qanday amal kabi, maʼnosizdir.
Etmologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uchragan davrlarda ayniqsa keng yoyildi. Nigilizm terminini birinchi marta nemis faylasufi Friedrich Heinrich Jacobi (1743—1819) qoʻllagan. Rossiyada bu termin Ivan Turgenevning „Otalar va bolalar“ (1862) romani nashr etilganidan keyin keng tarqaldi. 19-asrning 2-yarmida krepostnoylik anʼanalarini va dinni inkor etgan raznochinshestidesyatniklarning radikal oqimi vakillari nigilistlar deb atalgan. Keyinchalik nigilizm termini inqilobiy mafkura va demokratik harakatni tahqirlash uchun ishlatilgan.[5]
Shuningdek
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Crosby, Donald A. (1998). "Nihilism". Routledge Encyclopedia of Philosophy. Taylor and Francis. doi:10.4324/9780415249126-N037-1. ISBN 9780415250696. "As its name implies (from Latin nihil, 'nothing'), philosophical nihilism is a philosophy of negation, rejection, or denial of some or all aspects of thought or life."
- ↑ Deleuze, Gilles. Nietzsche and Philosophy. London: The Athlone Press, 1962. ISBN 978-0-231-13877-2. „Nietzsche calls the enterprise of denying life and depreciating existence nihilism.“
- ↑ Veit, Walter (2018). „Existential Nihilism: The Only Really Serious Philosophical Problem“. Journal of Camus Studies. 211–236-bet. doi:10.13140/RG.2.2.26965.24804.
- ↑
- Crosby, Donald A. (1998). "Nihilism". Routledge Encyclopedia of Philosophy. Taylor and Francis. doi:10.4324/9780415249126-N037-1. ISBN 9780415250696. "As its name implies (from Latin nihil, 'nothing'), philosophical nihilism is a philosophy of negation, rejection, or denial of some or all aspects of thought or life."
- Pratt, Alan. "Nihilism". Internet Encyclopedia of Philosophy. https://www.iep.utm.edu/nihilism/. "Nihilism is the belief that all values are baseless and that nothing can be known or communicated. It is often associated with extreme pessimism and a radical skepticism that condemns existence."
- "Nihilism". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/topic/nihilism. "In the 20th century, nihilism encompassed a variety of philosophical and aesthetic stances that, in one sense or another, denied the existence of genuine moral truths or values, rejected the possibility of knowledge or communication, and asserted the ultimate meaninglessness or purposelessness of life or of the universe."
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Umumiy mavzular | Sharq falsafasi · Gʻarb falsafasi | Falsafa tarixi: Antik · Oʻrta Asrlar · Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr · XIX asr ·XX asr |
Sohalar | Estetika · Etika · Epistemologiya · Mantiq · Metafizika · Taʼlim falsafasi · Tarix falsafasi · Til falsafasi · Huquq falsafasi · Fan falsafasi · Metafalsafa · Siyosat falsafasi · Din falsafasi · Urush falsafasi |
Oqimlar | Tahliliy falsafa · Determinizm · Dialektik materializm · Ratsionalizm · Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik · Gumanizm · Idealizm · Materializm · Yangiaflotunchilik · Nigilizm · Fenomenologiya · Aflotunchilik · Pozitivizm · Postmodernizm · Pragmatizm · · Sxolastitsizm · Stoitsizm |