Kontent qismiga oʻtish

Nyu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nyu (frans. pi — yalangʻoch) — tasviriy sanʼatning yalangʻoch, koʻproq ayol tanasini tasvirlovchi janri. Uygʻonish davrida mifologiya, allegoriya (majoz), tarixiy va maishiy janrlar sohasida yuzaga kelgan. Jorjone, Titsian, Korrejo va boshqalarning asarlarida yalangoch ayol tanasi tasviri orkali italyan insonparvarlarining ayol goʻzalligi haqidagi tasavvurlari ifoda etilgan. Janr sifatida 17-asrda shakllangan.

P.P.Rubens asarlarida barokkoga xos hashamdor shakllar, yosh goʻzalning hayotiy nafosati aks etgan. Velaskesning "Venera koʻzgu bilan" (1651) asarida ayol tanasi asosiy mavzuga aylansa, Rembrandtning "Suvga tushayotgan ayol" (1655) asarida ayol nozik maishiy holatda tasvirlanadi. G. Kurbe asarlarida mifologik asosdan voz kechadi, O. Renuar asarlarida yalangʻoch ayol manzara bilan uygʻunlikda (nur va havoga choʻmilayotganday) tasvirlanadi. N. namunalaridan biri — A.S. Belolli (1820—1881 )ning "Choʻmilayotgan ayol" asari (1870) Oʻzbekiston sanʼat muzeyida saqlanadi. 20-asr tasviriy sanʼatida N. rivoji yangi ifoda vositalari izlash bilan bogʻliq boʻlib (P. Pikasso, A. Modilyani va boshqalar), bu obrazlar taʼsirchanligini oshirdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil