Kontent qismiga oʻtish

Snijne

Koordinatalari: 48°1′0″N 38°46′0″E / 48.01667°N 38.76667°E / 48.01667; 38.76667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Snizhne

Сніжне
City
Skyline of Snizhne
Snizhne
Bayroq
48°1′0″N 38°46′0″E / 48.01667°N 38.76667°E / 48.01667; 38.76667
Mamlakat Ukraina
Asos solingan 1784
Aholisi
 (2011)
49 564
Snizhne xaritada
Snizhne
Snizhne

Snijne yoki Snejnoye (ukraincha: Сніжне́,pronounced [s⁽ʲ⁾n⁽ʲ⁾iʒˈnɛ] ; ruscha: Снежное;1864-yilgacha — Vasilivkaukraincha: Василівка ) — Ukraina Respublikasi, Donetsk viloyati, Horlivka tumaniga qarashli shahar hisoblanadi. Snijnening sharqiy qismi Lugansk viloyatining ma'muriy chegarasiga tutashib ketgan. Aholisi 45,767 (2022 est. )ni tashkil etadi.

Aholi punkti 1784-yilda Don kazaklari tomonidan "qish joyi" Vasilivka sifatida tashkil qilingan va Taganrog shahar munitsipaliteti tarkibiga kiritilgangan.1864- yilda uning nomi Snijne/Snejnoye deb o'zgartirildi, bu esa tom ma'noda ''qorli'' degan ma'noni anglatadi.

2014-yilda Ukrainadagi rossiyaparast kuchlarining tartibsizliklari davrida shahar ayirmachilar qo‘lida edi.2014-yilning 15-iyul oyida noma’lum samolyotning raketalari shaharchaga kelib tushdi va ko‘p qavatli uylar hamda soliq idorasiga borib tushdi, buning natijasida kamida o‘n bir kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi yaralandi. Ayirmachilar bu hujumda Ukraina Harbiy-havo kuchlarini ayblashdi,biroq ukrainalik manbalar buni inkor etib, 2014-yil 14-iyulda An-26 samolyoti urib tushirilgandan buyon ular bu yerda hech qanday parvoz qilmaganini aytishdi. Buning o'rniga ular Rossiya samolyotlarini aybladilar.[1]

2014-yil 17-iyulda Malaysia Airlines aviakompaniyasining 17-reys samolyoti urib tushirilgandan keyin, YouTubeda halokat videosi va fotosurati paydo bo‘ldi va unda Buk raketa uchiruvchisi ko‘rsatilgan edi.Mahalliy jurnalistlar material Snijnedan ekanligini da’vo qilgan. [2] 2016-yil 28-sentabrda urib tushirilgan samolyot voqeasini tergov qilayotgan qo‘shma tergov guruhi samolyot Snijne janubidagi Pervomaysk shahri yaqinida joylashgan isyonchilar nazorati ostidagi daladan otilgan 9M38 BUK raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqladi.[3]

2014-yilning 28-iyulida buzg'unchilar va Ukraina armiyasi o‘rtasida shaharni o'z nazorati olish uchun janglar boshlandi.[4][5][6] Snijne o'zini-o'zi e'lon qilgan Donetsk Xalq Respublikasining samarali nazorati ostida qoldi.[7]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilgi demografik ma'lumotlarga ko'ra, Ukraina aholisining[8]

Etnik kelib chiqishi:
  • Ukrainlar: 51,3%
  • Ruslar: 41%
  • Belaruslar: 1,0%
  • Tatarlar: 0,9%
  • Armanlar: 0,2%
  • Yunonlar: 0,2%
Tili:
  • Snizhneantratsyt;
  • Snijne muhandislik zavodi ( Motor Sich filiali);
  • Snizhnianskximmash, kimyo muhandislik zavodi;
  • Sofiino-Brodska temir yo'l stantsiyasi.

Snejnoyening diqqatga sazovor joylari

Tashqi havola

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Media related to Snizhne at Wikimedia Commons