Tyantszin
Tyantszin | |
---|---|
Markaziy boʻysunuvdagi munitsipalitet | |
| |
39°8′48″N 117°12′20″E / 39.14667°N 117.20556°E | |
Mamlakat | Xitoy |
|
Tyantszin — Xitoyning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, XXR markaziy boʻysunuvdagi munitsipalitetlaridan biri. Mamlakatning muhim iqtisodiy markazlaridan biri hisoblanadi. Shahar Sariq dengizning Boxayvan qoʻltigʻi yaqinida, Xayxe daryosining Buyuk Xitoy kanali bilan kesishgan yerida joylashgan. Atrofidagi tumanlar bilan markazga boʻysunuvchi mustaqil maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 9,05 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, yirik port. T. — Pekinning "dengiz darvozasi", Shanxay bilan bir katorda muhim savdotaqsimot punkti; T.ga mamlakat tashqi savdo operatsiyalarining 1/4 qismi toʻgʻri keladi. Poʻlat quyish, mashinasozlik, priborsozlik, kimyo, toʻqimachilik, radioelektronika va qogʻoz sanoatlari rivojlangan. Gilam, velosiped, soat va tikuvchilik mashinalari ishlab chiqariladi. Untlar bor. Metropoliten qurilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharga 13-asrda Chjigu baliqchilar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. 1465-yildan T. deb atalgan. 1725-yildan okrug, 1731-yildan viloyat markazi. 1856—60-yillardagi AngliyaFransiyaXitoy urushi vaqtida inglizfransuz qoʻshinlari bosib olgan. 1860-yildagi AngliyaXitoy va FransiyaXitoy shartnomasiga muvofiq, chet el savdosi uchun ochiq deb eʼlon qilingan. 1900-yil iyul oyida, Ixetuan qoʻzgʻoloni vaqtida T. 8 davlat harbiylari tomonidan ishgʻol qilingan. 1937—45 yillar yaponlar qoʻl ostida boʻlgan. 1949-yil 15 yanvarda gomindanchilar T.dan chiqarib yuborilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |