Kontent qismiga oʻtish

Afshorlar sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afshorlar davlati bayrogʻi
Afshorlar davlati gerbi
Afshorlar davlati hududi Nodirshoh hukmronligi davrida

Afshorlar sulolasi (ozarbayjoncha: Əfşarlar sülaləsi; forscha: افشاریان) – XVIII asr oʻrtalarida Eronda hukmronlik qilgan sulola. Bu sulolaga 1736-yilda Safaviylar sulolasining soʻnggi vakilini taxtdan agʻdarib, oʻzini Ozarbayjon va Eron shohi deb eʼlon qilgan harbiy sarkarda Nodirshoh asos solgan.

Nodirshoh hukmronligi davrida Eron Sosoniylar saltanatidan keyingi eng katta hududga ega davlat edi. Bu davlat Nodirshoh davrida eng katta hududga ega paytida hozirgi Eron, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz (Dogʻiston), Afgʻoniston, Bahrayn, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Pokiston, shuningdek Iroq, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonning baʼzi bir qismlariga hukmronlik qilgan. Nodirshohning oʻlimidan soʻng imperiyaning katta qismi Zendlar, Durroniylar, Gruzinlar va Kavkaz xonliklari oʻrtasida boʻlingan bir paytda, Afshorlar hukmronligi esa Xurosondagi kichik mahalliy davlat bilan chegaralangan. Afshorlar sulolasi hukmronligi 1796-yilda Ogʻa Muhammad Xon Qojar tomonidan tugatildi.

Afshorlar sulolasi hukmdorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
No. Shoh Portret Hukmronligining boshlanishi Hukmronligining tugashi Muhri Zarb ettirgan tangasi
1 Nodirshoh 1736 yil 8 mart 1747 yil 20 iyun
2 Odil Shoh 1747 yil 6 iyul 1748 yil 1 oktyabr Yoʻq
3 Shohruh Shoh Yoʻq 1748 yil 1 oktyabr 1750 yil yanvar Yoʻq
4 Ibrohim Afshor Yoʻq 1748 yil 8 dekabr 1749 Yoʻq