Kontent qismiga oʻtish

Din

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Din (arabcha: دين – „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) — jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Barcha dinlar, sanʼatlar va fanlar bir daraxtning shoxlaridir. — Albert Einstein
  • Barcha dinlar, oʻzlarining xudolari, paygʻambarlari, avliyo-anbiyolari bilan hali intellektual qudratlarini jilovlamagan va toʻliq rivojlantirmagan odamlarning xayolotlari va ishonuvchanliklariga asoslangandir. Mixail Bakunin
  • Bedavo dindor, koʻpchilikning ruhiy holatini shunday taʼriflash mumkin. Thomas Edison
  • Balki bugun oltin hayotning yagona boshqaruvchisiga aylangandir, biroq hali zamon keladiki, odamzot yana undan yuqori boʻlmish Xudoga sajda qiladi. Adolf Hitler
  • Din, u hatto oʻzini sevgi dini, deb ham atasin, oʻziga oid boʻlmaganlarga beayov va nafratli munosabatda boʻlishi turgan gap. Sigmund Freud
  • Din avomni jim saqlash uchun eng zoʻr narsadir. Napoleon Bonaparte
  • Din ongni zaharlovchi viruslar ichida eng zararlisidir. Arthur C. Clarke
  • Din qashshoqni boyni oʻldirishdan ushlab turuvchi narsadir. Napoleon Bonaparte
  • Diniy azoblanish bir vaqtning oʻzida voqeʼiy azoblanish ifodasi va voqeʼiy azoblanishga boʻgan norozilikdir. Din ezilgan mavjudotning ohi, yuraksiz olam yuragi va ruhsiz holat ruhidir. U xalq afyunidir. Karl Marx
  • Odam diniy hayvondir. U hayvonlar ichida yagona diniyidir. U hayvonlar orasida Haq Dinga — ulardan bir nechasiga ega yagona hayvondir. U hayvonlar ichra qoʻshnisini oʻzidek sevadigan va agar uning teologiyasi notoʻgʻri boʻlsa, uni boʻgʻizlaydigan yagona hayvondir. U qardoshlarining yoʻlini haq va baxtga yetaklashga harakat qilib, dunyoni mozoristonga aylantirgandir. Mark Twain