Kontent qismiga oʻtish

Karl Marx

Vikiiqtibosdan olingan
Karl Marx
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Karl Heinrich Marx (1818-yil 5-may – 1883-yil 14-mart) — olmon faylasufi va iqtisodchisi boʻlgan.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bir davlatda yashab, bu davlatning tilini bilmaganlar yo bosqinchi yoki ahmoqdir.
  • Bolalar ota-onalarini tarbiya qilmoqliklari lozim.
  • Dunyo proletarlarining oʻzlarini ushlab turgan zanjirlardan boshqa yoʻqotadigan hech nimasi yoʻq. Ular dunyoga erishishlari mumkin. Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!
  • Falsafaning voqeʼiy olamni oʻrganishga aloqasi masturbatsiyaning jinsiy qovushishga aloqasidek gap.
  • Faylasuflar olamni faqatgina turlicha taʼriflab berishdi. Maqsad esa, uni oʻzgartirishdir.
  • Kommunizm nazariyasini bitta jumlada shunday tushuntirish mumkin: shaxsiy mulkchilikning bekor qilinishi.
  • Tarix ayrim shaxslarning oʻz maqsadi yoʻlida odamlarni ishlatishi emas. Tarix shu odamlarning oʻz maqsadlariga yetishi yoʻlidagi harakatlaridir.
  • Yevropa boʻylab ruh kezmoqda; Kommunizm ruhi.